O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy seminar haqida

Institut rektorining 2019 yil 5 martdagi 156-U sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o‘rganish va jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan” ilmiy-ommabop qo‘llanma mualliflaridan biri, falsafa fanlari doktori Bekdavlat Aliev ishtirokida ilmiy seminar tashkil etiladi.
Seminar joriy yilning 30 mart kuni soat 14:00 da Muzokaralar zalida bo‘lib o‘tadi.