Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat qurilish universiteti professorlari institutda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi birinchi o‘rinbosarining 2018 yil 13 noyabrdagi “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini yanada oshirish to‘g‘risida” 2026-NZ sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va institut professor – o‘qituvchilari, talabalari hamda mutaxassislarning malakalarini oshirish, shuningdek zamonaviy o‘quv – moddiy texnik bazalar bilan yaqindan tanishtirish uchun Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat qurilish universitetini “Arxitektura va shaharsozlik” kafedrasi professorlari A.V. Zaxarov va T.R. Zabalueva tomonidan 2019 yil 25-29 mart kunlari institutning qurilish fakulteti 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (temir yo‘l binolari) bakalavriatura va 5A340201 – Bino va inshootlar qurilishi (transport bino va inshootlari) magistratura mutaxassisliklarida ma’ruza va seminar-treninglar o‘tkazildi.
“Arxitektura tarixi va qurilish texnikasi”, hamda yangi zamonaviy “Bino ko‘prik va bino platformalar” mavzularidagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun va “To‘sinli sistema va fermalar tektonikasi”, “Arka va vantali sistemalar tektonikasi” mavzulari magistratura mutaxassisliklari uchun tashkil etildi.
Xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv jarayoniga jalb qilish institut reytingi, ilmiy-texnik salohiyatini va mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirishiga, hamda ta’lim mazmunini boyitish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek arxitektura va qurilish sohasi bo‘yicha fan yutuqlarini chuqur o‘rganish mutaxassislik fanlardan o‘quv uslubiy adabiyotlar yaratish, fan dasturlarini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Qurilish fakulteti dekani Asqar Babaev