Rektor xorijlik mutaxassisni qabul qildi

Markaziy Osiyodagi ilk ilmiy muassasa sifatida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining mintaqa temir yo‘l tizimini rivojlantirish ishlarida muhim o‘rni bor. SHu bois  Markaziy Osiyo mutaxassislarining institutga tashrifi an’anaga aylangan.
Kuni kecha institut rektori Ma’rufjon Rasulov «Qazaqstan temіr joli»NK” aksiyadorlik jamiyati bosh injeneri Batir Kotirevni qabul qildi. Muloqotda integratsiyalashib borayotgan temir yo‘l sohasiga malakali kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining temir yo‘l uzunligi 22 ming kilometrni tashkil etishini va qo‘shnichilik munosabatlarning har tomonlama rivojlanishida transport tizimining ahamiyati beqiyosligi haqida fikr yuritildi. Batir Kotirev Qozog‘iston davlatining janubiy xududlariga temir yo‘lchilarni etkazib berishda hamkorlik qilish taklifini kiritdi.

Tashrif yakunida Batir Kotirev talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Matbuot xizmati