Yurtimiz kutgan bayram

Navro‘z ezgulik, saxovat, oqibat bayrami. Bu kunda barcha tashvishlar unutilib bayram shukuhi ila quvnaydilar. Navro‘z ayyomi yurtimizda o‘zgacha tarovat, ko‘tarinki ruhda o‘tadi. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti old maydonida tashkil qilingan Navro‘z sayliga institut jamoasi va mehmonlar jamlandilar. Saylga institut fahriylarining tashrifi, jamoa bilan yonma-yon Navro‘z bayramini xar yilgidek ko‘tarinki ruhda nishonlayotgani, barcha uchun quvonarli bo‘ldi.
Saylda talabalar tomonidan tayyorlangan laparlar, aytishuvlar, raqs va ko‘shiqlar o‘rin oldi. Taniqli teatr aktyorlari va xonandalarning sahna chiqishlari bayramni yanada zavqli o‘tishiga xizmat qildi.
Nashriyotlar ko‘magida “kitoblar ko‘rgazmasi” va kitob savdosi tashkil qilinishi saylning idrok bezagi sifatida qabul qilindi.
Sayl davomida institut jamoasi va mehmonlar milliy taomlarimiz osh va bahoriy taomlarni ta’tib ko‘rishga taklif etildi. Sayl davomida o‘tkazilgan barcha tanlovlar g‘oliblari aniqlanib, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Matbuot kotibi Dilshod Rahmatov.