Talabalar Navro‘z bayramini nishonladilar

15 mart kuni bo‘lajak temiryo‘lchilar o‘z an’analariga sodiq qolgan holda Navro‘z bayramini nishonladilar. Talabalar shaharchasida sessiyani muvaffaqiyatli yakunlari va Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar guldastasi uyushtirildi. Talaba-qizlar pishirgan shirinliklar va milliy taomlar, sport musobaqalari va o‘yin-kulgular bayram bezagiga aylandi. Talaba shaharchasida talabalar va mehmonlarga milliy taom – palov tarqatildi.
Kechaga tashrif buyurgan institut rektori Ma’rufjon Rasulov talabalar bilan birga sumalak tayyorlashda ishtirok etdi. Navro‘z – milliy an’analarimizning eng qadrligi. Bu bahoriy bayram – talabalar shaharchasidan boshlanayotganligi yanada quvonarlidir, dedi o‘z tabrigida institut rektori. Institut rektor Ma’rufjon Rasulov sumalak qozoni atrofidagi talabalar bilan suhbatda o‘zining talabalik yillarini xotirladi. Milliy qadriyatlar mustaqil yurt va yoshlar qo‘lida ekanligini bildirdi. Tinchlik va do‘stlikka xizmat qilgan buyuk an’analarimiz bilan haqli ravishda faxrlanishimiz zarurligini ta’kidladi.
Talabalar shaharchasida Navro‘z sayli tungacha davom etdi.

Matbuot kotibi Dilshod Rahmatov