Xorijlik olimlar tashrifi boshlandi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rahbariyatining taklifiga ko‘ra Rossiya temir yo‘l transport universiteti (MIIT) professori Dmitriy Yurevich Levin va Uzoq Sharq davlat temir yo‘l universiteti professori Aleksey Sergeevich Balalaevlar tashrif buyurdi. Rossiyalik olimlar 11-15 mart sanalari davomida transport tizimiga oid dolzarb mavzularda ma’ruza mashg‘ulotlari, mahorat darslari va ilmiy muloqotlar o‘tkazadilar. Xorijiy olimlarning kundalik rejasi yuzasidan ma’lumotlar «Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish» kafedrasi yoki 93-5917273, 71-2990511, 71-2990684 telefon raqamlari orqali  berib boriladi. Barcha professor o‘qituvchilar va talabalar taklif etiladi.