Bahor sog‘inchi

Bahor fasli inson qalbini yangilaydi. Bahor fasli dunyoni o‘zgartiradi.  Tuproq gulzorga, yalang‘och novdalar yaproqqa, gulga, muzlar to‘lqinlarga aylanadi. Tabiatga monand inson qalbida ham bunyodkorlikka, yaratishga mayl uyg‘onadi.

Yaratish, yoshlarni ilm-fanga oshno qilish, kelajak bilan yashash hislarni yanada jonlantirish maqsadida … nafislik va nazokat timsoli ayollarimizni institutimiz hayotiga yangi mavjlar, kashfiyotlar bo‘lib kirib kelishini istab … yonimizdagi ayollarga, ibratli qizlarimizga yuksak ehtirom sifatida “Ayol borki – olam munavvar” xaftaligi e’lon qilindi.

Xaftalikni doimgidek “Yoshlar ittifoqi”ning g‘oyalari, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi dasturlari, Xotin-qizlar qo‘mitasining tashabbuslari va Kasaba uyushma qo‘mitasining “arzimas”, biroq olam-olam shodlik ulashuvchi sovg‘alari bezaydi.
Bahorning ilk kunidan institut jamoasiga musiqiy guldastalar ulashildi. Guldastaning rang-barangligidan zavqlandik.

Xaftalik davomida yana biz kutmagan va kutilayotgan dasturlar, bellashuvlar davra suxbatlari tashkil etiladi.
Barchasi Sizlar uchun! Qatnashing… zavqlaning… olqishlang!

Maqolaga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lib turgan vaqtimda institut Nuroniylar kengashi raisi Alla opa Bashirova qo‘ng‘iroq qilib, pensiyada o‘tirgan keksalarimizdan habar olib qaytayotganligini ma’lum qildi.
Mehru muravvat fasli barchamizga muborak bo‘lsin!

Institut matbuot kotibi Dilshod Rahmatov.