“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Shimoliy-Kavkaz kon-metallurgiya institutiga tashrif buyurdi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Gulamov Abdulaziz Abdullaevich Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
2018 yil 18 oktyabrda o‘tkazilgan “O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi” doirasida jamiyat tasarrufidagi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Shimoliy-Kavkaz kon-metallurgiya institutilari (Davlat texnologik universiteti) o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Abdullaev Akramdjon Anarkulovich boshchiligidagi delegatsiyasi 25 fevraldan 28 fevralgacha Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Delegatsiya tarkibida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Gulamov Abdulaziz Abdullaevich uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.
Tashrifning dastlabki kunida universitet rektori texnika fanlari doktori, professor Yuriy Vitalevich Dmitrak bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda rektor institut fakultetlari va kafedralari, professor-o‘qituvchilari, o‘quv va ilmiy laboratoriyalari va kutubxonalari, sport majmualari, ovqatlanish hamda talabalar turar joylari haqida ma’lumot berdi.
Muzokaralar natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Shimoliy-Kavkaz kon-metallurgiya instituti o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolanishi kutilmoqda.
Kelishuv yakunida 2019/2020 o‘quv yili uchun Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida saralangan 50-100 nafar talaba-yoshlarni Shimoliy-Kavkaz kon-metallurgiya institutida o‘qitishga yuborish masalasini hal etilishi kutilmoqda.

Matbuot xizmati