ZIYo 2018/2019 festivalining g’oliblari aniqlandi

Kuni kecha Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalari ishtirokida an’anaviy tashkil etiladigan  ZIYo (zavqli,  iqtidorli yoshlar) festivali yakuniga yetdi.

Talabalar ishtirokida an’anaviytashkil etiladigan ZIYo (zavqli, iqtidorli yoshlar) festivali Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ikki bosqichda o‘tkazildi.
Festivalni Toshkent temir yo‘l muhandislari prorektori D.X.Baratov ochib berdi. Prorektor D.X.Baratov so‘zni festival maqsadi haqida so‘z yuritib, talabalarning bilim olish, ziyoli, iqtidorli bo‘lishga kiziqishini orttirish va bilimga tayangan musobaqali raqobatni institut fakultetlari orasida joriy etishda ushbu festivalning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Festivalning birinchi bosqichida 4 ta fakultetlarning iqtidorli talabalari matematika, fizika, informatika, tarix va ingliz tili fanlaridan o‘zlarining bilimlari bo‘yicha bellashdilar.
Festival davomida fan g‘oliblari ham aniqlanib, o‘quv yilining eng yaxshilari saralandi. Jumladan:
– MN-56 guruh talabasi Xolbozorova Marjona To‘lqin qizi “Matematika fani bo‘yicha eng bilimdoni ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi;
– BI-29 guruh talabasi Yunusova Gulnara Lenmarovna “Fizika fani bo‘yicha eng bilimdoni ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi;
– TV-669 guruh talabasi Akbarov Abubakr Muxtorali o‘g‘li “Informatika fani bo‘yicha eng bilimdoni ishtirokchi” nominatsiyasi egasi deb, topildi;
– MN-55 guruh talabasi Umarxonov Javohir Jahongir o‘g‘li “Tarix fani bo‘yicha eng bilimdoni ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi;
– BHA-38 guruh talabasi Xudoyberganova Orzigul Mirzoali qizi “Ingliz tili fani bo‘yicha eng bilimdoni ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi sifatida xay’at a’zolari tomonidan e’tirof etildi.
Barcha yo‘nalishlar va umum insoniy, siyosiy-iqtisodiy va diniy bilimlar bo‘yicha shaxsiy birinchilik musobaqasi yakuniga ko‘ra BHA-39 guruhi talabasi Murotov Nodir Baxodirovich 1-o‘rin,  MN-56 guruh talabasi Xolbozorova Marjona To‘lqin qizi va MN-55 guruh talabasi Umarxonov Javohir Jahongir o‘g‘li 2-o‘rin sovrindorlari va AT-30 guruhi talabasi Jur’atov Maxmudxo‘ja Murod o‘g‘li 3-o‘rin sovrindorlari bo‘ldi.

Festival yakunlariga ko‘ra “Iqtisodiyot” fakultetining “Intellekt” guruhi I-o‘rin bilan taqdirlandi.

Festivalning yakuniy bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar institut rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan maxsus sovg‘alar bilan mukofotlanadilar.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi
koordinatori Sh. Suyunbaev.