Mebellarni yasash va yetkazib berish uchun Toshkent shahridagi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qilindi

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti 2019 yil fevral oyida institut ehtiyojlari uchun quyidagi mebellarni yasash va yetkazib berish uchun Toshkent shahridagi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi:
Ishlab chiqaruvchilar tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni institut rahbariyatiga taqdim etishlari kerak:

1. Tanlovda qatnashishga rozilik xati va mebel etkazib berishga tijorat taklifi (rasmiy bankada bo‘lishi kerak, korxona manzili, qo‘ng‘iroq raqamlari, bankdagi hisob raqami, INN, OKED va boshqa rasmiy rekvizitlari bilan).
2. Etkazilmoqchi bo‘layotgan har bir mebel turining rangli surati va sotilish qiymati haqida alohida konvert ichida ma’lumotlar berilishi kerak.
3.Korxona Ustavi (Nizomi) kseronusxasi (muhr bilan ishontirilgan).
4. Korxonaning (tadbirkorning) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnomasi kseronusxasi (muhr bilan ishontirilgan).
5. Korxona rahbari pasportining kseronusxasi (propiskasi bilan)
6.Ishlab chiqaradigan mahsuloti sifat sertifikati kseronusxasi (muhr bilan ishontirilgan).
7. Faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma (litsenziya) kseronusxasi (muhr bilan ishontirilgan).
8. Korxona ta’sischilari ro‘yxati (FISh), korxona mulkidagi ulushi haqida hujjat nusxasi (muhr bilan ishontirilgan).
9. Davlat soliqlaridan qarzi yo‘qligi haqida soliq inspektsiyasidan ma’lumotnoma.
10. Hisob raqamida kartoteka (qarzlari) yo‘qligi haqida xizmat ko‘rsatuvchi bankdan ma’lumotnoma.
Yuqoridagi so‘laralayotgan barcha hujjatlarni katta konvertga solib, institut buxgalteriyasiga keltirib, topshirish lozim.

Kerakli mebellar ro’yhatini ushbu ilova orqali ko’rishingiz mumkin.