Ilk ekologik umumxalq xayriya hasharida yoshlarning faolligi barchani quvontirdi

Orolbo‘yidagi ekologik halokat oqibatlarini yumshatish borasidagi tashabbuslar va sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishga asosan, bugun mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq ekologik xayriya hashari o‘tkazildi.
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti jamoasi ham umumxalq ekologik xayriya xasharida faol ishtirok etdi. 1200 nafardan ortiq institut jamoasi vakillari ishtirok etgan hashar doirasida institutga qo‘shni mahallalar va aholi punktlari, institut xududi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tartibga keltirildi.
Institut “Yoshlar ittifoqi” BT faollari tashabbusi bilan poytaxt ziyoratgohlari va qabristonlari obodonlashtirildi. 200 dan ortiq daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Institut rahbariyati tashabbusli yoshlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Matbuot xizmati