Dissertatsiya himoyasining ochiq muxokamasiga bag‘ishlangan majlis

«Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika” kafedrasi izlanuvchisi Rixsyiev Dilmurod Xodjiakbarovichning 05.08.03 – “Temir yo‘l transportini ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlari rels zanjirlarining impuls-fazali yo‘l qabul qilgichi” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasini ochiq muxokamadan o‘tkazishga bag‘ishlangan ilmiy darajalar beruvchi PhD.28.06.2018.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tadi.

Majlis 2019 yil 26-yanvar kuni soat 14:00da Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti bosh binosining 334-aud.da boshlanadi.