E’lon – Kontrakt to‘lash muddatlarining o‘zgarganligi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 6 dekabrdagi 14-son bayoniga muvofiq Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko‘ra etarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abiturientlar uchun to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lash muddati, shuningdek 2018/2019 o‘quv yilida institutning bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati, 2018/2019 o‘quv yilida institutning ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov- kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati, mazkur bayon qarori bilan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.