Yakdillik g‘oyalari sari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan 7 dekabr kuni “O‘zbekiston” halqaro anjumanlar saroyida tantanali marosim o‘tkazildi. Unda institut rektori Ma’rufjon Rasulov rahbarligi bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.  Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev xalqimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan muborakbod etib, mamlakatimiz hayotining bir yilida ro‘y bergan o‘zgarish va yangilanishlar haqida ma’ruza qildi.

 

Bugun institut faollar zalida “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” nomli Prezident nutqining mazmun-mohiyatini o‘rganish maqsadida anjuman tashkil etildi.

Anjuman ishini yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov olib bordi. D.Baratov Prezident nutqida keltirilgan oliy ta’lim sohasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan mulohaza yuritdi. Ayniqsa, yurtimiz taraqqiyoti uchun iste’dodli kadrlarni etakchi xorijiy ta’lim markazlarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilganligining asosiga atroflicha to‘xtaldi.

 

Asosiy ma’ruzachi “Ijtimoiy-gumanitar fanlari” kafedrasi dotsenti Baxtiyor Ergashev Prezident nutqining e’tiborli jihatlarini qayd etib, Konstitutsiyamiz taraqqiyotining yangi bosqichida erishilayotgan o‘zgarishlar nafaqat yurtimiz, balki butun mintaqa hayotiga yangi rux olib kirganligini bildirdi. Konstitutsiyamiz boshlangan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, xalqimiz uchun hech kimdan kam bo‘lmagan turmush sharoitini yaratish, iqtisodiyotimiz taraqqiyoti, eng muhimi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallashdagi intilishlarimizning maqsad va vazifalarimizni belgilab bergan Prezident nutqi yoshlarga yuksak marralarga ruhlantiradigan beqiyos manba va faoliyatlarining dasturi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngidagi savol-javoblar anjumanning mazmunini ochib berishga xizmat qildi.

 

Matbuot xizmati.