Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz eli, ayni paytda, butun turkiy mamlakatlar, jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham aziz va qadrli siymo, O‘zbekistonning ulkan do‘sti edi…
Davlatimiz rahbari shu yilning 2 aprelida “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan millatlararo o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan barkamol asarlar orqali ruhiy-madaniy qadriyatlarini qaror topishiga sharoit yaratdi.
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti jamoasi Prezident qarorining ijrosini ta’minlash bilan bir qatorda ezgulik g‘oyalari singdirilgan, yuksak ma’naviyat, ta’lim-tarbiyaning kuch-qudratiga oid badiiy asarlarni targ‘ib qilish masalasiga e’tiborini kuchaytirdi.
Qaror qabul qilingan sanadan ayni kunga qadar mutolaa targ‘ibotiga bag‘ishlangan adabiyotshunoslar ishtirokidagi o‘nlab anjumanlar, “Chingiz Aytmatov asarlari bilimdoni” tanlovlari, yozuvchi asarlari asosida yaratilgan spektakl tomoshalariga tashriflar uyushtirildi. Institut Axborot resurs markazida adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan burchaklar tashkil etildi. Axborot resurs markazi Badiiy adabiyotlar bo‘limi xodimalari Xolida To‘ychieva va Ra’no Maxamajonovalar Chingiz Aytmatovning asarlari institut yoshlarining eng sevimli asarlar ekanligini, o‘quv yili davomida 800 ortiq talaba-yoshlar ushbu asarlarni so‘rab murojaat qilganligini bildirgan.
Institutimizda Chingiz Aytmatovning dastlabki asari, dunyodagi eng go‘zal muhabbat qissasi” deb atagan “Jamila” asari “qahramonlari” bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham insonni ulug‘lashi, uning zahmatkashligi, yaratuvchanligini sharaflashi xaqida fikrlar aytildi. «Aytmatov va teatr» xalqaro festivali «Eng yaxshi ayol roli uchun» nominatsiyasi g‘olibi Malika Avazova va spektakl jamoasi bilan suxbat jarayonida oddiy odamlarning turmush tarzi, umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar Aytmatov asarlarining yashovchanligini ta’minlab berganligini borasidagi fikrlarni bildirdilar.
Bugun Chingiz Aytmatov hayot bo‘lganlarida 90 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Asarlari bilan qalbimizga kirib kelgan Chingiz Aytmatovni adolat va haqiqat kuychisi sifatida xalqimizning sha’ni va obro‘-e’tiborini katta minbarlardan turib mardona himoya qilganini el-yurtimiz hamisha minnatdorlik bilan eslaymiz.
Matbuot xizmati