Ilmiy izlanishlar innovatsion jarayonlarni jadallashtirmoqda

   Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyatimizning barcha bo‘g‘inlarida yakdillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida «…iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish…»  bo‘yicha vazifalar belgilangandi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash, temir yo‘l tizimi korxonalar faoliyatiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini (UUA) yaratish va uchuvchisiz uchish apparatlari orqali ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy mikronazorat va kommutatsiya elementlarini joriy etishga katta e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2018 yil 12 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida «Boshqaruvchisiz uchish qurilmalarini (dronlar)» ishlab chiqish va ekspluatatsiyasi bo‘yicha zudlik bilan kadrlarni tayyorlash vazifasi yuklatilgandi. Shu munosabat bilan 2018-2019 o‘quv yilidan Toshkent temir yo‘l muxandislari institutda «Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlashga 32 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.

Ayni vaqtda ushbu yo‘nalish talabalari uchuvchisiz uchish apparatlar (UUA)ni tarixini, foydalanish nizom va qoidalarini, “O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi”ning asosiy talab va funktsiyalarini,  klassifikatorlarini, tamoyil va konstruktsiyalari bilan tanishmoqdalar.

Dron – bu uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) hisoblanadi. Aslida dronlar xarbiy sohada razvedka ishlarida ishlatilgan. Bunday avtonom harakat tizimlarining maqsadi asosan uchishga, hamda maqsadli operatsiyalarni va inson faoliyati uchun potentsial havfli bo‘lgan ishlarga qaratilgan.

Ko‘pincha adabiyotlarda dronlarni xarbiy ko‘rinishda uchuvchisiz uchish apparatlari deyilsa, fuqoralik aviatsiyasida esa apparatlarning xajmi kichkina bo‘ganligi sababli dronlar deb yuritiladi. Dronlar kerakli yuklarni etkazib berish hamda kartografiya va kadastr ishlarini takshil qilish uchun foto kamera, xar xil turdagi sezgir datchik va qurilmalar bilan jihozlangan.

Dronlarni “O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi” tomonidan ruxsatnomasiga ega maxsus operatorlar boshqarishi mumkin. Dron operatori muayyan vaziyatlarda dronning dastur ta’minotini sozlashi, fotokamera yordamida olingan ma’lumotlarni taxlil qilishi kerak bo‘ladi.

Chet el temir yo‘l transporti tajribalaridan kelib chiqqan holda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda transport infrastrukturasida dronlarni qo‘llab, ularni amaliyotda olingan natijalarini tahlil qilish mukin.

An’anaviy usullar bilan taqqoslaganda dronlarning asosiy afzalligi ularning mobilligi va avtonomligidir. Shu munosabat bilan ixtisoslashtirilgan texnik uskunali va patrul dronlar yordamida temir yo‘l relslarining texnik holati tahlil qilib, temir yo‘l va tranport-logistika ob’ektlaridan foydalanish uchun statistika ko‘rsatkichlarini ko‘rish mumkin (1-rasm).

1-rasm. Uchuvchisiz uchish defektoskop apparati

Dronlarni katta territoriyalarda, shu jumladan ombor va terminal koplekslarida, saralash stantsiyalarida, yo‘lovchi vokzallarida, depo hamda bojxona hududlarida ishlatish mumkin. Dronlar temir yo‘l  hududiga noqonuniy kirish, o‘g‘irlik  yoki terroristik harakatlar sodir etganlishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Har qanday jamiyat bunday jinoyatchiliklardan zarar chekmasligi kurashish zarur bo‘ladi. Uchuvchisiz uchish apparatlari jinoyat tergov jarayonini osonlashtiradi, profilaktika samaradorligi oshirib, jinoyatchilik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarda, ayniqsa, yo‘lovchi stantsiyalarida monitoring ishlarini olib boradi (2-rasm).

2-rasm. Ombor va terminal koplekslari uchun dron

Hozirgi paytda dronlar dolzarb bo‘lgan muammolarni yechishda ham qo‘l keladi yani: ba’zi jamiyatimiz odamlari stantsiyada, oxirgi bekatlarda va depolarda turib qolgan poezd-vagonlarimiz zarar etqizishmoqdalar. Birgina  Rossiya Federatsiyasida 2017 yilda 14000 oshiq vagonlarga zarar etqazilgan. Bu vagonlarni qayta bo‘yash uchun 9,8 mln. AQSh dollari ketqazilgan. Korxonalar an’anaviy usullarning samarasizligi tushunib yetgach, 77 000 AQSh dollariga katta bo‘lmagan, 150 metr balandlikka ko‘tarila oladigan, 15 m/c tezlikkacha ucha oladigan dronlarni sotib olishgan. Dronlar avtonom rejimlarda hamda maxsus operator yordamida masofadan er stantsiyalari oraqali boshqariladi. Dronlarning dvigatellari shovqinsiz bo‘lib, fotokameralar orqali video nazarotga halaqit qimaydi.

Bundan tashqari uchuvchisiz uchish apparatlari yer xaritalarni, maxalliy geodeziya rejalarini tuzishda, havoning aniq temperatura va ifloslanish darajalarini aniqlashda, ob-havo hodisalarini kuzatishda, yana yuqori xavfli hududlarda ishlatiladi. Bunday texnologiyalar yangi temir yo‘l liniyalarini, turli xil stantsiyalarni, ayniqsa tabiiy muhitga kirish qiyin bo‘lgan joylarda, optimal marshrutlarni qurish uchun xamda topologik tadqiqotlarni soddalashtirishda yordam beradi.

Ko‘pincha dronlar aero fotosuratlarni olish uchun ishlatiladi. Oldin vertolyot yoki samolyotlar foydalanilgan bo‘sa endi dronlar ularning o‘rnini bosadi. Dronlar inson imkoniyatlarini etmaydigan, samoletlar ishini kam vaqtda va kam harajat bilan bajarishda  yani og‘ir va qimmat baho uskunalarni ko‘tarishda xizmat qiladi (3-rasm).

3-rasm. Aero fotosuratlar yordamida kartografiya ishlarini olib boruvchi dron apparati

Qo‘llash imkoniyati cheklangan uskunalar uchun ham dronlar yordami bilan muhim analitik va statik ma’lumotlarni to‘plash mumkin.  Masalan, vokzal binolari va perrogondagi yo‘lovchilar oqimi modellashtirishda. Olingan ma’lumotlar mavjud infratuzilmani takomillashtirshga yordam beradi va shu bilan ob’ekning mavjudligini oshiradi. Dronlardan foydalanishda muxandislik inshootlarining texnik holatini, xususan, ko‘priklarni, elektr uzatish liniyalarini tekshirganda talab qilinishi mumkin. Yulovchi binolar va vagonlaridagi issiqlikka tekshirishda, omborxonalarning texnik holatini o‘rganish va odamlar uchun xavfli bo‘lgan yoki xavfli bo‘lgan angarlarni ta’mirlashda qo‘l keladi.

Temir yo‘l hududlarda xavfli joy ko‘p hisoblanadi, afsuski favqulotda  vaziyatlar yuzaga keladi. Bular yong‘in bo‘lishi mumkin, temir yo‘l liniyalarida poezd-vagonlarni chiqib ketishi, terroristik harakatlar va hakozalar (4-rasm). Shuning uchun temir yo‘l va uning infratuzilmasi bunday vaziyatlarni oldini olish yoki hodisalarni tezda hal qilish uchun eng samarali texnik vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

4-rasm. Favqulot vaziyatlar va yong‘inlar hodisalari uchun dron

 

Dronlar odamlarning hayoti bilan bog‘liq muammolarni tez yechishda, yo‘qolgan narsa buyumlarni imkon qadar tezkor hal qilish kalitidir. Dronlar odamlar uchun juda qiyin yoki xavfli bo‘ladigan joylarda foydali hisoblanadi. Masalan radiatsiya, kimyoviy moddalar yoki tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan hududlarga kirishda. U yerda jabrlanganlarni topib, favqulotda vaziyatni keltirib chiqaradigan joyni qidirib topish xizmatiga yordam beradigan zarur tahliliy ma’lumotlarni to‘playdi. Kichik dronlar omborxonadagi yong‘inlarda juda foydali bo‘lishi mumkin. Ular hatto tutunli, tor va qarong‘i xonalarning aniq xaritalarini tuzib, yong‘in va qurbonlarning joylashgan joylarini belgilaydi. Zarur ma’lumotni to‘plab, operatorga qaytib kelgach, dron qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

Dronlar kam xajmli yuklarni ezkazib berishdayam yaxshigina statusga ega hisoblanadi. Amerika Fedex va UPS pochta kompaniyalari xatlarni va  yuklarni ishonchli va tez etqazib berish maqsadi dronlardan foydalanishadi (5-rasm).

5-rasm. Ombor xonalar va pochta xizmati uchun dronlar

Hozirgi paytda bu ulkan innovatsion g‘oya ustida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «Signallashtirish, markazlashtirish, blokirovka va aloqa» ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi («SMB va A» ITL) tomonidan bir necha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Institut ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari  tomonidan «Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish» ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar ushbu loyihalarning nafaqat kuzatuvchisi, balki ishtirokchisiga aylandi. Shuningdek, talabalar ta’lim jarayonida gidrostatika, gidrodinamika, aerodinamika qonuniyatlarini o‘rganib bormoqda.

Ishonamizki, yaqin kelajakda temir yo‘l tizimida navbatdagi innovatsion ishlanma hamda ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘ladi. Bu borada jadallik bilan amalga oshirilayotgan ilmiy faoliyat ana shunday fikr bildirishga asos bo‘la oladi.

J.F. Kurbanov, “SMB va aloqa” ITL mudiri.