Mazmunli xordiq ta’limga xamnafas

Barchamizga ma’lumki yurtimiz Konstitutsiyasi qabul qilingan kunlarni tantanali nishonlash va mazmunli o‘tkazish maqsadida institut talabalar turar joyida dam olish kunlari turli tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan 8-9 dekabr kunlari Elektromexanika fakulteti bitiruvchi talabalari Dostonbek Ismatullayev, Jasur O’tkirov va Jamshid Mamasaparovlar tashabbusi bilan 2-talabalar turar joyida “LOKOMOTIV CYBER GAMES” musobaqasi ilk marotaba tashkil etildi.  “BIZ BIR JAMOA BIZ BIR OILA” shiori ostida tashkil etilgan ushbu musobaqada 32-nafar axborot texnologiyalarini mukammal o‘zlashtirgan talabalar ishtirok etdilar.

Musobaqa yakunida uchinchi o‘rin bilan Asadbek Akramjonov, ikkinchi o‘rin bilan Abduraxmon Rasulov va mutloq g‘olib Toyir Tursunov deb topildi. G‘oliblarni taqdirlash jarayonida  Elektromexanika fakulteti dekan o‘rinbosari M.Abduvaxobov va «Lokomotivlar va lokomotiv xo’jaligi» kafedrasi  o’qituvchisi M.Xismatullinlar qatnashdi.

Musobaqa tashkilotchilari talabalarning intellektual taraqqiyoti va kreativ fikrlashiga xizmat qiladigan turli musobaqalarni o‘tkazishga kelishib oldilar.