Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati

 

Ma’lumki, ayni kunlarda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi keng nishonlanmoqda. Toshkent temir yo’l muhandislari institutida ham ushbu sanaga bag’ishlangan tantanali tadbirda institut jamoasi, mehnat faxriylari, Oliy majlis qonunchilik palatasi vakillari, iqtidorli talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Institut rektori Ma’rufdjan Rasulov o’z tabrigida, yurtimizda barcha tarmoqlar qatori ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni hayotga joriy etishga, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg’usi bilan yashashga ruhlantirdi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo’raev Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonida Konstitusiyaga kiritilgan o’zgartirishlar haqida to’xtaldi.
Tantanali marosimda Prezident va Davlat stipentiantlari, “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati stipendiatlari, Oliy ta’lim talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Yil talabasi” tanlovi, institut professor-o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’tkazilgan “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolati” nomli tanlov g’oliblari, shuningdek, institutda fidoiylik bilan mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar rahbariyatning tashakkurnoma va maxsus sovg’alar bilan taqdirlandi.
Tanatanali marosim talabalar ijodiy jamoalarining katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Matbuot xizmati