Navbatdagi seminar ilmiy maqolalar nashriga qaratildi…

So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarini innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylantirish, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning echimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, yurtimiz  olimlarning nufuzli chet el ilmiy jurnallarida o‘z ilmiy ishlarini nashr etish faolligini oshirish uchun imkoniyatlar yaratish bugunning vazifalaridan biriga aylandi.

Ma’lumki, SCOPUS yoki WEB OF SCIENCE tarkibiga kiruvchi jurnallar tarmog‘ida ilmiy maqolalarni chop etish qiyin va uzoq jarayon bo‘lib, bunda maqola muallifi, jurnal o‘zining nashr ma’lumotlarini oshirib ko‘rsatishi yuqori bo‘lganligi tufayli, yanglishib nashr etilishi ehtimoli yuqori (jurnalning impakt-faktori, iqtiboslilikning o‘rtacha ko‘rsatgichi, jurnalning  SCOPUS yoki WEB OF SCIENCE tarkibida mavjudligi).

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti professor-o‘qituvchilari jamoasini  ushbu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu yil 21 noyabr kuni “Maqolalarni nashr etish, jurnallarni tanlash va nashr etilgan maqolalar bo‘yicha  ELSEVIER tavsiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda ELSEVIERning analitik qaror qabul qilish bo‘yicha maslahatchisi A.P.Loktev ma’ruza bilan qatnashdi.

A.P.Loktev o‘z taqdimotida SCOPUS tarmog‘idagi jurnallarning saralash tamoyillari, norasmiy jurnallarda maqol chop etmaslik bo‘yicha tavsiyalari, shuningdek, adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish metodikasi va Scopus tarmog‘iga kirish uchun ilmiy jurnallarga qo‘yiladigan talablar haqida batafsil so‘zlab berdi. A.P.Loktev institut olimlarining nashr faolligi institutning xalqaro reytingda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida muhim omillardan biri ekanligini ta’kidladi.

Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi