Ma’naviy barkamollik yo‘lida

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktabrdagi 87-02-2948 sonli xati asosida oktabr-noyabr oylari davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” va “Diniy – ekstremistik oqimlar, missionerlik – davlat va jamiyatga tahdid” kabi mavzularda ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlardan ko‘zlangan maqsad diniy dunyoqarash bilan dunyoviy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan yoshlarni tarbiyalashga qaratildi.

Bugungi kunda ruhiy-madaniy qadriyatlarni anglashga yangicha yondashish jarayoni yanada chuqurlashdi. Diniy merosga farqlab yondashishga, eng muhim, umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob beradigan, ahloq jihatdan ahamiyatli an’analarni, urf-odatlarni tanlab olish zaruriyatini yoshlar ongiga singdirish davr talabiga aylandi. Diniy adabiyotlar nashrlari kun sayib ortib borayotganligi, turli diniy marosim va kiyinish madaniyatlari muhokama bo‘layotgan ayni kunlarda institut jamoasiga tajribali va malakali mutaxassislarning tavsiyalarini tinglash maqsadlarini oydinlashtirishga xizmat qildi.

Ushbu yo‘nalishda o‘tkazilgan tadbirlarda etnik, madaniy va diniy sabr-toqat, bag‘rikenglik milliy taraqqiyotimizning kontseptual manbai sifatida talqin etildi. Xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzi tutashgan va tinch-totuv yashagan yurtimizda mustaqillik yillari mobaynida millatlararo totuvlik manbai bo‘lib kelgan yagona ma’naviy-ruhiy negizni vujudga kelganligini xujjatli filmlar bilan tushuntirib berildi.