“Yoshlar haftaligi”

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkilotida 19-24 noyabr kunlari “Yoshlar haftaligi” o’tkazilishi rejalashtirilgan edi. Shu doirada hafta boshidan talabalarni o’ziga jalb qiladigan, bir-biridan qiziqarli tadbirlani o’tkazilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan 20-noyabr kuni Toshkent temir yo’l muhandislari institutida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi va “Tong yulduzi” gazetasi muharriri bilan soat  9:20 da institut Ilmiy Kengash zalida tadbir bo‘lib o‘tdi. Bunda  Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvohid Sotvoldiyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  a’zosi Axtamquli Karim hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni  yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi  Abduvohid Sotvoldiyev ochib berdi. Tadbir davomida shoir Axtamquli Karim tomonidan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini  rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda bo’layotgan o’zgarishlar sarhisobi aytib o’tildi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  a’zosi Axtamquli  Karim bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkurini va dunyoqarashini yuksaltirishda ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik  madaniyatini  oshirish alohida e’tibor qaratishi lozim ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Bugungi bolalar ertangi kun xalqiga aylanadi.Yoshlarni kitobga qaytarishimiz kerak. Axborot – kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga,yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularni kitob bilan do’st bo’lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim” deb shoir so’zini davom ettirarkan, bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda milliy adabiyotimiz rivojini yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha ham keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining “Do‘rmon” ijod uyi va poliklinikasi tubdan rekonstruktsiya qilindi. Uyushma qoshida “Ijod” jamoat fondi tuzildi. Iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularni qo’llab- quvvatlash maqsadida turli ijodiy anjumanlar o’tkazilmoqda.Yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni mutolaaga undash kabi vazifalar olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan  biriga aylandi. Shoir so’zlarini Abdulhamid Cho’lponning “Hech to’xtamasdan harakat qilub turg’on vujudimizga, ta’nimizga suv-havo neqadar zarur bo’lsa, maishat yo’lida har xil qora kirlar ila kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdur” fikrlari bilan yakunladi.

Tadbir talabalarimiz tomonidan yaxshi kutib olindi. Talabalar tadbir davomida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi. Tadbir ishtirokchilariga shoir Axtamquli  Karim o’z qalamiga mansub she’rlarni o’qib berib, talabalarimiz olqishiga sazovor bo’ldi.