INSTITUT REKTORI MAʹRUFJON RASULOV: “TAʹLIM MUASSASALARI O‘RTASIDAGI ALOQALAR DAVLATLARARO IShONCHNI MUSTAHKAMLAYDI”

 

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga 10 oktabr kuni Sharqiy Xitoyning Jiaotong universiteti  prorektori janob Fan Yong boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.  Institut rektori M.X.Rasulov delegatsiya a’zolari bilan tanishuv marosimida institutning tarixi va ilmiy salohiyati xususida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar 90 yillik tarixga ega institut  va uning fakultetlari bilan yaqindan tanishdi. Yuqori texnologiyalarga asoslangan auditoriyalarga tashrif buyurib, bu yerdagi jihozlar va talabalarning ilmiy ijod qilish salohiyatlarini ko‘zdan kechirdi. Mehmonlarga xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Delegatsiya vakillari  ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Tashrifning asosiy maqsadi – hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari oliy ta’lim muassasalari rahbarlari  o‘rtasida atroflicha muhokama qilindi. Imzolangan memorandumda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish, ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish,  talabalar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishiga, ilmiy resurslar va tajriba almashish,  shuningdek,  transport va muhandislik sohasida almashinuvni mustahkamlash uchun o‘quv rejalarini ishlab chiqish masalalari o‘rin oldi.

Tashrifning rasmiy qismi yakunlari borasidagi davra suxbatida institut rektori M.Rasulov, bu kelishuv “BIR MAKON, BIR YO‘l” loyiha doirasidagi o‘zbek-xitoy hamkorligini yanada keng rivojlanishiga xizmat qiladi deb ishonch bildirdi.