Kontrakt to’lash muddatlarining o’zgarganligi to’g’risida

Toshkent temir yo’l muhandislari institutining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019 o’quv yilida to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to’lash muddati 2018 yilning 31 oktyabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirilganligini, shuningdek, 2018/2019 o’quv yilida Toshkent temir yo’l muhandislari institutida to’lov-kontrakt asosida bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun to’lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to’lash muddati joriy yilning 15 noyabrigacha uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.