BEG‘ARAZ DONORLIK KUNLARI …

Hayotda kimgadir yordam berish, kimningdir hayotini saqlab qolish katta savob ishdir va bu ishni hamma qilishi joiz. Institutimizda beg‘araz donorlik 3-4 oktabr kunlari tashkil etilmoqda. Siz qon berib, kimningdir, balki, endigina tug‘ilgan va kichkinagina yordamga ham muxtoj bo‘lgan jajjigina murg‘ak chaqaloqni umrini saqlab qolarsiz…

Institutimiz tibbiy punktida soat 9.00 dan 14.00 gacha beg‘araz donorlarga xizmat ko‘rsatiladi.

Donorlar pasportlari bilan kelishlari shart.