Xalqaro tadbir ishtirokchilari institutimizda

O’tayotgan hafta Markaziy Osiyo transport kommunikatsiya sohasiga ta’siri beqiyos tadbirlar xaftasi sifatida e’tirof etildi. Dastlab ShHTga a’zo davlatlar temir yo’l ma’muriyatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi, so’ngra yurtimizda ilk bora transport kommunikasiyalari sohasida xalqaro anjuman o’tkazildi.
Soha bo’yicha jahonda ta’niqli mutaxassislar, olimlar, yirik transport kompaniyalar vakillari qatnashdilar. Xalqaro anjuman ishtirokchisi, Rossiya temir yo’l transporti federal agentligi rahbari Vladimir Yurevich Chepets institutga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Vladimir Chepets Toshkent temir yo’l muhandislari institutida ta’lim olganligini faxr bilan esladi. O’z farzandidek ardoqlab, ta’lim va tarbiyasi uchun butun borlig’ini bergan institut jamoasiga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Institutni aylanar ekan, o’zi o’qigan davr va ayni vaqtdagi talabalarga yaratilgan sharoitlarni taqqosladi. O’zgarishlar uni quvontirdi.
Vladimir Chepets Peterburg Davlat temir yo‘l universiteti rektori Aleksandr Yurevich Panichev va Toshkent temir yo’l muhandislari instituti rektori Marufdjan Xalikovich Rasulovlar o’rtasidagi shartnoma imzolash tantanalarida ishtirok etdi. Tashrif yakunida Vladimir Chepets ilmiy aloqalarni mustahkamlashda faol ishtirok etish, innovatsion g’oyalarni qo’llab-quvvatlashga ko’maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.