Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti va Peterburg davlat temir yoʻl universiteti oʻrtasida ikki tomonlama diplom berish boʻyicha kelishuv imzolandi

20 sentyabr kuni Peterburg Davlat temir yo‘l universiteti rektori Panichev Aleksandr Yurevich boshchiligidagi delegatsiya tashrifining ikkinchi kuni doirasida temir yoʻl transporti sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasi yuzasidan shartnoma imzolandi.

Shartnomada qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish, ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilish masalalari o’rin olgan.

Kelgusida institutimiz yoshlari ta’limning magistratura bosqichini Toshkent temir yo’l muhandislari institutida boshlab, Peterburg Davlat temir yo‘l universitetida yakunlash imkoniyatiga ega bo’ladilar.

SHuningdek, ushbu kelishuv  Bino va inshootlar qurilishi, Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish, Ko‘priklar, tonnellar va metropoliten qurilishi, Elektr ta’minoti, Elektr texnik majmualar va tizimlar, Iqtisodiyot, Menejment, Tezyurar temir yoʻl mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashda ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtirish va chuqurlashtirishga  xizmat qiladi.