“Islom qadriyatlari – ilm-fan taraqqiyotining kafolati” mavzusida ma’rifiy tadbir

Yurtimizda ruhiy-madaniy qadriyatlarni anglashga yangicha yondashish jarayoni yaqqol sezilayotgan ayni vaqtda, o‘z ig‘volari bilan yoshlarimizning ma’naviy qadriyatlarini o‘zgartirishga, din ahlini nizo girdobiga tortishga intilayotgan qora kuchlar ham kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, institutda dunyoga dong taratgan ajdolarimizning “Alloh dilingda, qo‘ling ishda bo‘lsin” degan hikmatli shiorini yoshlar ongiga singdirish maqsadida “Islom qadriyatlari – ilm-fan taraqqiyotining kafolati” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot-tahlil boshqarmasi bosh mutahassisi Bahodir Daminov va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi maslahatchisi Abdulxamid Tursunovlar ishtirok etdilar.
Ma’rifiy tadbirning bosh g‘oyasi – bugunning zarur muammolari hal etish barobarida, ajdodlarimizning jahon ilmu ziyosi tarixiga qo‘shgan benazir asarlaridagi ta’limotlarini anglashga e’tibor sifatida qaraldi.
Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bo‘lishda yoshlarning bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etayotganligi yig‘ilish ishtirokchilariga uqtirildi. Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va, aksincha, bilimi kam, omi yoshlar turli talqinlar qilayotganliklari haqida yakuniy xulosa sifatida e’tirof etildi.