Intelligent Transport Systems: New ICT-based Master’s Curricula for Uzbekistan” – “INTRAS” loyihasi ishtirokchilari institutimizda

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga Yevropa Ittifoqi Erasmus+ xalqaro grantlari tanlovidan o‘tgan 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP – “Intelligent Transport Systems: New ICT-based Master’s Curricula for Uzbekistan” – “INTRAS” loyihasining Avstriya universiteti ishtirokchilari tashrif buyurdi.

Ushbu grant koordinatori Polshadagi Gdansk Texnika universiteti hisoblanib, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va foydalanish instituti; Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Andijon mashinasozlik instituti; Jizzax politexnika instituti; Termiz Davlat universiteti va Toshkent temir yo’l muhandislari instituti ushbu loyiha ishtirokchilari sanaladi.

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti tomonidan loyihaning doimiy ishtirokchilari belgilangan hamda ushbu tarkib institut Kengashi yig‘ilishida so‘ngra rektor buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Avstriyalik ishtirokchilar institutda mavjud laboratoriya va kompyuter xonalari va ularning texnik jihozlanishini, rejadagi magistratura mutaxassisligi uchun mos bo‘lgan bakalavriaturaning o‘quv reja va fan dasturlarini o‘rganish hamda Toshkent temir yo’l muhandislari instituti ishtirokchilari bilan kelajak ishlarni rejalashtirishdan iborat edi.

Хorijiy hamkorlarda institutimiz katta qiziqish uyg‘otdi.