Institut professor – o’qituvchilari Belorussiya davlat transport universitetida

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Belorussiya davlat transport universiteti bilan ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Ta’kidlash kerak, bu ikkita oliy ta’lim muassasalari 2013 – yildan beri professor-o‘qituvchi, ilmiy tadqiqotchilarning malakasini oshirish, o‘zaro ma’lumot almashish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.

2018 – yilning 1 – iyun kuni Toshkent temir yo’l muhandislari institutidan ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor A.I. Adilxodjayev, “Elektromexanika” fakulteti dekani Y.O. Ro’zmetov rahbarligidagi delegatsiyasi Belorussiya davlat transport universitetiga tashrif uyushtirishdi. Ular Belorussiya davlat transport universitetining o‘quv jarayoni, laboratoriyalar faoliyati, ilmiy – tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro malaka almashish uchun tashrif uyushtirishdi.

Bundan tashqari delegatsiya “Mexanika” fakulteti rahbarlari bilan uchrashib O‘zbekistonlik talabalarning aspiranturada o‘qishi, o‘quv metodik ishlanmalar bilan o‘zaro almashuv va ilmiy laboratoriyalarining faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda universitetning www.bsut.by sayti xabar bermoqda.