Ilm – ma’rifat rivojida Islom dinining o‘rni yuksak

Institut “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi anjumanlar zalida “Ilm – ma’rifat rivojida Islom dinining o‘rni” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik. Dinlarni qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.R.Isoqjonov, prorektor D. X. Baratov, kafedra professor – o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Prorektor tadbir mavzui, maqsadi va mehmoni bilan tanishtirib, so’z navbatini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik. Dinlarni qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.R.Isoqjonovga berdi.

Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida islom dinining paydo bo‘lishi, uning dinlararo mavqei haqida gapirib, yurtimiz nomini butun dunyoga tanitgan buyuk allomalar Abu Ali Ibn Sino, Muso Al – Xorazmiy, Al – Farg‘oniy, Imom Buxoriylarning ilmiy merosi, ular tomonidan yozilgan o‘lmas risolalarga ham to‘xtaldi.

Shuningdek, mutaxassis ayrim buzg‘unchi kuchlar dinni niqob qilgan holda din haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan yoshlardan turli aldov yo‘llari bilan o‘zlarining nopok niyatlarini amalga oshirish yo‘lida foylalanayotganliklari juda achinarli hol ekanligini alohida ta’kidladi, respublikadagi diniy qarashlarning demokratligi, turli dinga e’tiqod qiluvchilar uchun sharoitlar yaratilib berilganligi, diniy ta’lim uchun ham yetarlicha e’tibor qaratilayotganini turli misollar bilan asosladi. Talabalarni diniy va dunyoviy bilimlarni kengaytirish maqsadida ko’proq kitob mutoolasiga e’tibor berishlariga chaqirdi.

Talabalar mavzu yuzasidan bergan savollariga javoblar oldi.

TTE va TL fakulteti talabasi

Bunyod Jumaniyazov