Hashar – insonparvarlik, olijanoblik, saxovatpeshalik kabi ezgu tuyg‘ularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi

Yurtimizdagi so‘nggi yillarida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, umummilliy an’anaga aylangan. Shu bois Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti jamoasi mamlakatimiz mustaqilligining yigirma etti yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik maqsadida umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishdi. Umumxalq xayriya hasharida institutning deyarli barcha a’zolari  uyushqoqlik bilan ishtirok etib, hozirgacha ushbu hasharda 432 nafar faollar ishtirok etishdi.