Yong’in xavfsizligi profilaktika kuni o’tkazildi

“Yong̒in xavfsizligi profilaktika kuni” munosabati bilan institut “Talabalar shaharchasi”da yong̒inlarning oldini olishga bag̒ishlangan uchrashuv o’tkazildi. Unda “O̒zbekiston temir yo’llari AJ harbiylashtirilgan qo’riqlash boshqarmasi xavfsizligi bo’limi boshlig̒i А.Xusanov, katta yo̒riqchilari B. Usmonov, Х.Mixliyev, Toshkent harbiylashtirilgan qo’riqlash otryadi boshlig’ining o’rinbosari S.Abishov, “Тo’qimachi” o̒t o̒chirish komanda avtomashina ekipajlari hamda 600 nafar professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar, talabalar ishtirok etdi.

Tadbirni prorektor Abdulaziz Gulamov ochib, yig’ilish maqsadi, mutaxassislari bilan tanishtirib so’z navbatini “O̒zbekiston temir yo’llari AJ harbiylashtirilgan qo’riqlash boshqarmasi xavfsizligi bo’limi boshlig̒i А.Xusanovga berdi. U yong’inlarning aksariyati elektr energiyasidan noto’g’ri foydalanish oqibatida kelib chiqayotgani, bunga qarshi kurashda xodimlar tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirib kelinayotgani, fuqarolarning beparvoligi, ma’suliyatsizligi, tamaki mahsulotlarini chekish qoidalariga rioya etmaganligi oqibatida yong’in sodir bo’layotgani xususida batafsil tushuntirdi.

Yig’ilishning ikkinchi qismida “O̒zbekiston temir yo’llari AJ harbiylashtirilgan qo’riqlash boshqarmasi xavfsizligi bo’limi katta yo’riqchisi Х.Mixliyev OP rusumli birlamchi yong’in o̒chirish vositalaridan qanday hollarda foydalanish mumkinligi xususida tushuntirish berdi.

To̒qimachi o̒t o̒chirish komandasi boshlig’i X.Nasriddinov yong̒in o̒chirish mashinasining texnik xarakteristikasi va undagi yong̒in o̒chirish anjomlari, yer osti gidrantlari, ichki yong̒in o̒chirish moslamalaridan yong̒inlarni bartaraf etishda to̒g̒ri foydalanish qoidalari bo’yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.

“Talabalar shaharchasi” direktori 

Ma’sud Masharipov