“Talabalik bahori”da “Iqtisodiyot”

71 yillik tarixga ega bo’lgan “Talabalik bahori” festivalida navbatdagi “Iqtisodiyot” fakultetining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. “Yakka raqs” shartidagi Feruza Mirhakimovaning “Tabassum” musiqasiga raqsi, “Qo’shiq”da Islomjon Usmonovning “Yakka bu Farg’onada” nomli ashulasi, “Ommaviy raqs”da “Nazm navosi”, “She’rxonlik” shartida “Bizdan ne qolar” she’ri, “Folklor” shartida xorazmcha to’y marosimlari, “Sahna ko’rinishi” shartida esa Mixail Lakrbay hikoyasi asosidagi “Mehmon”, shuningdek, konkursdan tashqari chiqishlarda ispancha raqs, hazillar to’plami, “Улыбайся” ashulasi hamda talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar nafaqat hakamlarning, balki tomoshabinlarning ham olqishiga sazovor bo’ldi.

Fakultet chiqishining yakuniga ko’ra 299 ballni qo’lga kiritdi. Hakamlar tomonidan ishtirokchilar nomiga iliq fikrlar bildirildi: Texnika sohasiga ixtisoslashgan bo’lsada, san’at va madaniyat sohasida ham oldingi o’rinlarda ekanligi ta’kidlandi.

Navbatdagi fakultetlarning chiqishlarini ham kutib qolamiz va omad tilaymiz!!!