Singapur milliy universiteti delegatsiyasini Toshkent temir yo‘l muhandislari institutiga tashrifi xaqida

2018 yil 21 may kuni soat 9.30 dan 12.00 ga qadar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Singapur milliy universitetining global munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i Jasper Tang boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Institutga tashrif Singapur milliy universitetining «Study Trip for Engagement and EnRichment» o‘quv programmasi doirasida amalga oshirildi.

Tashrifdan maqsad O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar xaqida ma’lumot berish,  Singapur milliy universiteti bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari va boshqalar.

Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti talabalari Tojiboev Bekzod, Muzaffarov Maqsudbek va Fayzullaev Sayfullo “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati va O‘zbekistonda temir yo‘l rivojnalish tarihi haqida ma’lumot berishdi.

Iqtisodiyot fakulteti talabalari Sindorov Baxtinur, Xudoyberganova Orzigul va Xodjatova Surayyo “Bir kamar bir yo‘l” loyihasi haqida ma’lumot berishdi.

Elktromexanika fakulteti talabalari Voxidov Mirabror va Avanesyan Gayane institut muzeyi bilan tanishtirishdi.

Tashrif so‘ngida esdalik sovg‘alari taqdim etildi va esdalik uchun suratga tushildi.