Sahnada navbat “TTE va TL”ga

Jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy tadbirlarning mazmuni va mohiyatini targ’ib qilish, talaba-yoshlarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini ko’ngilli va mazmunli o’tkazish, ular orasida sog’lom turmush-tarzini keng targ’ib etish, madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida o’tkazilayotgan an’anaviy fetivalning bu navbatida “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakulteti o’z chiqishlarini namoyish etdi.

“Qaldirg’och”, “Fasli navbahor” nomli ashulalar, Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan sahna ko’rinishi, xalq kuyi – “Munojot”, turkman milliy raqsi – “Qushdebdi”, “Vatan himoyasi ishonchli qo’llarda” nomli harbiy chiqish, folklor shartidagi – “Boysun bahori”, “Lagan raqsi”, o’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman, tojik, millatlari raqslari, “Erkak” monologi hamda fakultet “Quvnoqlar va zukkolar” jamoasi chiqishlari festival ishtirokchilariga o’zgacha kayfiyat baxsh etdi.

Yakuniy natijaga ko’ra fakultet chiqishlari 276 ball bilan baholandi.

Festival davom etadi.