O’rganamiz, taffakkur ham qilamiz

2016 – yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlarining yanada mustahkamlanishi uchun asos bo’ldi. Yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu Qonunni o’rganish, tafakkur qilish esa har bir fuqaroning, jumladan talaba-yoshlarning ham asosiy vazifalaridan.

Shu munosabat bilan institut xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti va murabbiylar kengashi tomonidan bellashuv o’tkazildi.

“Yoshlarga oid davlat siyosatini men qanday tushundim?” mavzuida o’tkazilgan bellashuvda AV-213 va AV-214-guruh talabalari ishtirok etdi.

Bellashuv yakuniga ko’ra “Eng zukko guruh” AV-213 hamda “Eng bilimdon guruh” nominatsiyasi esa AV-214 guruh talabalariga berildi.