Ochiq eshiklar kuni

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Unda prorektorlar, professor-o‘qituvchilar, yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faollari hamda Sergeli tumanidagi 237-, Yashnobod tumanidagi 30-, Shayxontohur tumanidagi 13- va 39-, Yakkasaroy tumanidagi 135-, Yunusobod tumanidagi 43-, Chilonzor tumanidagi 101-, Uchtepa tumanidagi 14- va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 27-maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir umumta’lim maktablar faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, institut va umumta’lim maktablari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tashrif davomida o’quvchilar institutning diqqatga sazovor joylari jumladan, faollar zali, axborot resurs markazi, muzey, yuk va ishlarni boshqarish o’quv laboratoriyasi, o̒quv poligoni, materialshunoslik va payvandlash ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, talabalar turar joyi hamda sport kompleksi bilan yaqindan tanishdi.

— O̒quvchi va o̒qituvchilar o’rtasida olimpiada, turli yo’nalishdagi tanlovlarni hamkorlikda o’tkazishni rejalashtirganmiz, — deydi prorektor Abdulaziz Gulamov. — Endilikda maktablarning yuqori sinf o̒quvchilarini ta’lim va mutaxassislik yo’nalishlaridan kelib chiqib kasbga yo’naltirish ishlarini jonlantirishga ko’maklashamiz.

Institutda “Ochiq eshiklar kuni” davom etmoqda.