Mahalla bong uradi: dabdabali to’y – baxt kafolati emas!

O’zbekiston Respublikasining Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, fuqarolarining o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika kengashi hamda Toshkent temir yo’l muhandislari instituti hamkorligida “Mahalla bong uradi: dabdabali to’y – baxt kafolati emas!” mavzuida targ’ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbir aholi orasida to’y va marosimlarning mamlakat va millat taqdiriga daxldor ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi, xalqimizning milliy tabiatiga mutlaqo yarashmaydigan, oilalarning moddiy ahvolini og’irlashtiradigan, ularning turmushini izdan chiqaradigan holatlarga barham berishga butun xalq mas’ul ekanini keng tushuntirish, bu boradagi targ’ibot va tushuntirish ishlari ta’sirchanligini kuchaytirish maqsadida o’tkazilmoqda.

Bugunga qadar institut xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nodira Xodjayeva Yashnabod tumanida, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Farrux Azimov, “Chizma geometriya va kompyuter grafikasi” kafedrasi assistenti Feruza Ma’murova Mirzo Ulug’bek tumanidagi, “Hayot xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Shavkat Abdazimov, аassistent Mavluda Botirova, “Elektr aloqa va radio” kafedrasi dotsenti Voxidjon Zokirov Shayxontoxur tumanida, “Temir yo’lda elektr ta’minoti” kafedrasi assistenti Feruza Axmedova esa Uchtepa tumanidagi mahallalarda targ’ibot – tashviqot ishlarini amalga oshirdilar.

Targ’ibot tadbirlari institutning boshqa professor-o’qituvchilari tomonidan davom ettirilmoqda.