Central Asia – 2018: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet axborot – kutubxona resurslari” XII – xalqaro konferensiya

Institut axborot-resurs markazi direktori Мirislom Nishonov va bo’lim boshlig’i Nasiba Qayumova Termiz shahrida o’tkazilgan “Central Asia – 2018: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet axborot – kutubxona resurslari” XII – xalqaro konferensiyasida ishtirok etib qaytdi.

Fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot resurslarini rivojlantirish va qo’llashda axborot – kutubxona muassasalari, o’quv yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlar faoliyatini amaliy natija beradigan va samarali tajriba almashishga ko’maklashish, axborot – kutubxonachilik ishida yangi axborot texnologiyalarini o’rganish bo’yicha o’quv markazlari tashkil qilish va ularning ishini yo’lga qo’yishda ko’maklashish, internet ma’lumotlar bazalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, axborot xizmatini ko’rsatishda foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan konferensiyada Rossiya, Qozog’iston, Eron, Tojikiston, Pokiston, Isroil kabi 16ta davlatdan vakillar qatnashdi, ma’ruzalar tinglandi.

TTE va TL fakulteti talabasi

Bunyod Jumaniyozov