Talabalar Respublika Fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o’tkazilmoqda

Institutda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 – yil 7 – martdagi 301-sonli buyrug‘iga asosan 11 – 12 – may kunlari “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fani bo‘yicha Talabalar Respublika Fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.

Respublika Fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish Nizomiga asosan olimpiadaning 1- bosqichida 1- o‘rinni egallagan talaba va uning rahbari yakuniy bosqichda ishtirok etish huquqiga ega.

Yakuniy bosqich olimpiada sinovi 4 turdan iborat:

  1. Masala yechish.
  2. Test topshirig‘ini bajarish.
  3. Virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish.
  4. Og‘zaki imtihon.

Olimpiada ishtirokchisida olimpiadaning oliy o‘quv yurtida o‘tkazilgan 1 – bosqichida 1 – o‘rinni olganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma va tavsifnomalari (qog‘oz va elektron ko‘rinishda, shrift Times New Roman 14 shrift, 3-4 shaklda), 2 dona (3,5×4,5) rasm va tavsifnoma uchun 1 dona (6,7×7,5) rasm, fuqarolik pasporti, talabalik guvohnomasi, reyting daftarchasi va uning nusxasi (Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomidagi 6- ilova) bo‘lishi shart.

Sinovning har bir turi bo‘yicha tegishli oliy o‘quv yurtlaridan tuzib, jo‘natilgan variantlar 2018 – yil 5 – may kuniga qadar qabul qilinadi.

Ishtirokchilar 2018 – yil 10 – may kuni soat 15-00dan institutning “Temir yo‘llar elektr ta’minoti” kafedrasida kutib olinadi. 2018 – yil 11 – may kuni soat 8-30 dan 9-00 gacha olimpiada jamoalari ro‘yxatga olinadi. Olimpiada sinovlari soat 09-00 dan boshlanadi.

2018 – yil 12 – may kuni soat 12-00da olimpiadaning yopilish marosimi va ishtirokchilarni kuzatish tadbiri bo‘ladi.