Xorijiy fuqarolar qabuli

Horijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish haqida

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 4 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga horijiy fuqarolarni qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida»gi 169-sonli qarori va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga asosan horijiy fuqarolar test sinovlari topshirish yo’li bilan, MDH tashkilotiga a’zo davlatlar fuqarolari esa o’qishga suhbat asosida qabul qilinadi.

Horijiy fuqarolar uchun test sinovlari O’zbekiston fuqarolari uchun o’rnatilgan muddatda, MDH tashkilotiga a’zo davlatlar fuqarolariga suhbat o’tkazish tasdiqlangan grafik asosida. Hujjatlarning oxirgi qabul qilish muddati – 15 iyul.

Horijiy fuqarolarning xujjatlari OTM qabul komissiyasi tomonidan quyidagi ro’yxatga asosan qabul qilinadi.

  1. F.I.Sh., fuqaroligi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan rektor nomiga ariza;
  2. Milliy pasport kopiyasi;
  3. Horijiy fuqaro uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasining kopiyasi (Вид на жительство) – agar mavjud bo’lsa;
  4. Horijiy fuqaroning o’rta yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma /diplom/ sertifikatning o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan kopiyasi;
  5. Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli);
  6. Fotosurat (3,5×4,5) – 6 dona.

Horijiy fuqarolarning hujjatlari faqat mazkur davlatning milliy fuqarolik pasporti asosida qabul qilinadi va ular milliy fuqarolik pasport kopiyasini topshiradilar. Shu bilan birga, agar horijiy fuqaro O’zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomasiga (Вид на жительство) ega bo’lsa, ushbu holatda horijiy fuqaroning milliy pasporti kopiyasi bilan birga O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi kopiyasi ham topshiriladi. Qayd etilgan toifadagi fuqarolar ham O’zbekiston Respublikasida doimiy ravishda istiqomat qilayotgan horijiy fuqaro hisoblanib, yuqorida ko’rsatilgan horijiy fuqarolar uchun o’rnatilgan tartibda xujjat topshiradilar.

Horijiy fuqarolar o’qishga faqat to’lov-shartnoma asosida qabul qilinib, ular to’lovlarini horijiy fuqarolar uchun belgilangan miqdorida amalga oshiradilar. Horijiy fuqarolar o’qish uchun to’lovlarini milliy valyutada amalga oshiradilar.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risidagi qonuni»ning 4-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan va «Fuqaroligi yo’q shaxs uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi»ga ega bo’lgan shaxslar barcha O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kabi umumiy tartib asosida xujjat topshiradilar va o’qishga qabul qilinadilar.