Axborot resurs markazi

Ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi hamda axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi bilan boq`liq ravishda foydalanuvchilarga zamon talablariga muvofiq yangi axborot texnologiyalari asosida (elektron ma`lumot bazalari, Internet-resurslar) tegishli axborot xizmati ko`rsatish zarurati yuzaga keldi. 2006 yildan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Farmoniga binoan institut ilmiy-texnika kutubxonasi Axborot-resurs markazi (ARM) deb qayta nomlandi. ARM o`quv jarayonini axborot bibliografik jihatdan ta`minlab, ta`lim dasturlari profiliga mos ravishda fondlarni shakllantiradi va kitobxonlarning talablarini to`liq qondirdi. ARM muntazam ravishda kelib tushayotgan kitoblar ko`rgazmalarini uyushtirib ToshTYMI da o`tkaziladigan ilmiy anjumanlar axborot xizmatini ta`minlab beradi. ARM fondi 600 mingdan ortiq jildni tashkil etib, muntazam ravishda yangi ilmiy, o`quv va uslubiy adabiyotlar hisobiga boyib boradi. ARM 56 nomdagi gazeta va 92 nomdagi jurnallarga obuna bo`lgan. Bir yillik kelib tushadigan nashrlar 8 dan 10 minggacha nusxani va 600tadan 800 tagacha nomdagi adabiyotlarni tashkil etadi. Yangi adabiyotlar ko`rgazmalari uyushtirilib, adabiyotlarning retrospektiv ko`riklari o`tkazib turiladi. ToshTYMI ARM axborotesurs bazasi barcha talablarga muvofiq bo`lib, «Yangi axborot texnologiyalarini qo`llagan holda kutubxonalarni avtomatlashtirish» faoliyat sohasidagi qo`yilgan vazifalarni hal qilish imkonini beradi. ARM da 57 ta kompyuter mavjud bo`lib, ulardan 45 tasi foydalanuvchilar ixtiyorida, 2 ta yuqori tezlikbilan ishlaydigan skaner, 2 ta hujjatdan nusxa ko`chirish apparati, 3 ta printer, laminator, muqovalash apparatlari mavjud. Axborot resurslarini o`zida birlashtirgan elektron kutubxona institutning www.uch1.tashiit.uz saytida joylashtirilgan. Elektron kutubxonadan jami bo`lib:

  • darsliklar - 1071 ta
  • o`quv qo`llanmalar - 266 ta
  • o`quv-uslubiy majmualar - 30 ta
  • uslubiy qo`llanma va ko`rsatmalar -580 ta
  • ma`ruza matnlari - 161 ta
  • albomlar, kataloglar - 120 ta
  • luq`atlar - 14 ta

Foydalanuvchilar elektron kutubxonadagi mavjud nashrlar bilan institut mahalliy tarmoq`iga ulanib, barcha bo`linmalar: rektorat, dekanatlar, kafedralar, o`quv kompyuter xonalari, institut test markazi, ARM elektron o`quv zallarini birlashtirgan 966 ta kompyuter orqali tanishishlari mumkin. Bundan tashqari o`qituvchilar va talabalar 500 ta kompyuter orqali butun jahon Internet tarmog`idan foydalanish imkoniga egalar. Barcha mavjud ARM fondi IRBIS dasturiy ta`minoti asosida bosqichma-bosqich elektron katalogga kiritilib, bu institutga respublika universitet va OO`Yu lari elektron kutubxonalari tarmog`iga ulanish imkonini beradi. ARM uchta o`quv zali bilan ta`minlangan. Talabalar va o`qituvchilar uchun ilmiy va o`quv adabiyotlar hamda badiiy adabiyotlar o`quv zallari doimiy faoliyatyuritib kelmoqda. Talabalar, aspirantlar, professor-o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, institutning boshqa xodimlari kutubxona-axborot xizmatlarining asosiy turlaridan bepul foydalanadilar. Kitobxonlar uchun quyidagi xizmatlar mavjud:

  • o`quv adabiyotlari abonementi;
  • professor-o`qituvchilar o`quv zali;
  • fundamental kutubxona abonementi;
  • talabalar uchun ilmiy-texnika va o`quv adabiyotlarining elektron o`quv zali;
  • ma`lumot-bibliografiya bo`limi;
  • badiiy adabiyotlar o`quv zali;
  • internet zal.