Axborot texnologiyalari markazi

 

Yildan yilga institut kompyuter parki yangilanib, eskirgan modellar zamonaviylari bilan almashtirilmoqdava hozirga kelib institut talabalari, o`qituvchilari va xodimlari ixtiyorida 1000 ga yaqin kompyuter bor. Shu bilan birga kompyuterlarning 90% zamonaviy, katta tezlikda ishlaydigan Pentium 4 kompyuterlaridir. 31 ta kompyuter xonalari jihozlangan bo`lib, ulardan 2 tasi talabalar yotoqxonalarida o`rnatilgan. 33 ta ma`ruza multimedia auditoriyasi zamonaviy texnika bilan ta`minlangan. Talabalar bilimini nazorat qilishni takomillashtirish maqsadida test sinovidan o`tkazish dasturi ishlab chiqilib, u bir vaqtning o`zida 50 talaba bilimini tekshirish imkonini beradi. Innovatsiya o`quv markazining ikki zalida har kuni talabalar, kurs ishlari va mustaqil ishlar, malaka ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari bo`yicha vazifava topshiriqlarni bajaradilar, elektron kutubxona xizmatidan foydalanadilar.