Kadrlar malakasini oshirish markazi

Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo`l markazi (KTYM) 2005 yilda ToshTYMI qoshida 1969 yili ochilgan Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti asosida tashkil etildi. KTYM ikki bo`linmadan iborat: temir yo`l transporti rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish fakulteti hamda ommaviy kasb egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo`linmasi (sobiq Yo`l texnika maktabi). Bugungi kunda KTYM 37 turdagi texnika vositasidan iborat kompyuter zaliga, 11 ming nusxadan tashkil topgan kutubxonaga; 130 o`rinli yotoqxonasiga ega. Yo`l markazi faoliyati marketing yondashuvini, shuningdek «O`zTY» DATK rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirishning istalgan yo`nalishlari bo`yicha, O`zbekiston temir yo`l transporti uchun bugunda zarur bo`lgan barcha talablarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti talablariga hamda isloh etilayotgan temir yo`l kompaniyasi ehtiyojlariga javob beradigan yangi xizmatlarni faol tarqib qilgan holda qurilmoqda. Buning natijasida, so`nggi yillarda temir yo`l kompaniyasining KTYM orqali malaka oshirayotgan xizmatchi va mutaxassislari soni tobora ortib bormoqda. Bundan tashqari, KTYM xalqaro yuk tashish ishlarining transport-ekspeditsiya xizmatlari sohasida ham aksiyadorlik jamiyatlari, QK va aloqida tijorat tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Misol uchun, «O`ztemiryo`lpass» OAJ, «Ammofos» OAJ, «Navoiy tog` metallurgiya kombinati (TMK)», «OlmaliqTMK» OAJ, «Aviatsentr» QK, «VIAToshkent» MChJ kabilar bilan qo`shimcha shartnomalar tuzilishi oqibatida haryili ushbu tashkilotlarning 20 000 ga yaqin ishchi-xodimlari malakasini oshirib, bu byudjetdan tashqari moliya manbalari orqali qo`shimcha mablag` kelishi imkonini bermoqda.

Malaka oshirish jarayonida KTYM tinglovchilari uchun temir yo`l Kompaniyasining, shu bilan birga O`zbekiston iqtisodiyotining boshqa tarmoqlariga oid zamonaviy va ilg`or korxonalariga borib, mashg`ulotlar tashkil etiladi. Umuman, Yo`l markazi o`quv jarayoniga ToshTYMI ning 70ga yaqin o`qituvchisi, hamda «O`zbekiston temir yo`llari» DATK va Boshqarma, Markazlari, bo`lim va bo`linmalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Geodeziya va kartografiya milliy markazi va boshqa tashkilotlarning 100ga yaqin mutaxassislari jalb etiladi. O`tgan davr tajribasi malaka oshirish tizimining qayta tuzilganligi to`g`ri ekanligini ko`rsatdi. KTYM tashkil etilishi bilan, birinchi navbatda yuqori malakali o`qituvchilar tarkibi bilan birgalikda institutning boy laboratoriya va boshqa moddiy-texnika bazasidan kompleks foydalanish tufayli mavjud imkoniyatlar kengayib bordi. Bu KTYM da ta`lim oladiganlar soni dinamikasida ham ijobiy aks etdi. Yo`l markazi faoliyati davrida

«O`zbekiston temir yo`llari» DATK ning har yili qayta tayyorgarlikdan o`tadigan va malaka oshirayotgan ishchi-xizmatchilarisoni ikki barobar ortdi.