Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litsey

TA’LIM YO‘NALISHLARI:

1. Aniq fanlar (iqtisod)

Matematika, ingliz tili hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

2. Aniq fanlar (texnika)

Matematika, fizika hamda ona tili va adabiyot fanlari chuqurlashtirilib o‘qitiladi

Ta’lim muassasasining yuridik manzili:

100167, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Odilxo‘jaev ko‘chasi 1-uy.

Telefon:

(8-371) 283-31-82, 299-04-80

Web-sayt:

www.tashiit.uz

Elektron manzili:

Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir.

Akademik litsey to‘g‘risida umumiy ma’lumot:

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 6 avgustdagi F-1045-sonli farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 1999 yil 10 avgustdagi 240-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Mirobod akademik litseyi binosi 4 qavatli bo‘lib, sig‘imi 600 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bugungi kunda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi Mirobod akademik litseyida jami 61 nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqdalar.

“Abiturient shtabi”

Akademik litsey o‘quvchilarini Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tayyorgarligini amalga oshirish maqsadida akademik litsey qoshida “Abiturient shtabi” tashkil etilgan. Bu shtabga oliy ta’lim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan.

Quyidagi Oliy o‘quv yurtlari bilan xamkorlik o‘rnatilgan:

  • Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti;
  • Toshkent davlat texnika universiteti.