Vagonlar va vagon xo'jaligi

DATK "O'zbekiston temir yo'llari" bilan xamkorlik shartnomasiga binoan yuk vagonlarini sinovdan o'tkazish uchun ishchi dasturlari yaratilgan. Bu ish ishlab chiqarishda joriy etish uchun taqdim etilgan O'zbekistonda vagon ta'mirlash va vagon qurish yo'lga qo'yilgandan so'ng Ukraina va Rossiya davlatlaridagi kabi Sertifikatlangan markaz tashkil etish lozim.

Sertifikatlangan markazni tashkil etish bizga ancha vositalarni qisqartirishga imkon beradi. "Vagonlar va vagon xo'jaligi" kafedrasi bu ishni amalga oshirishda o'zining xissalarini qo'shmoqda. Kafedraning ilg'or mutaxasislari (Minovarov R.M., Xromov S.A., Gorodeskiy Yu.G.) AMZ, LMZ, TVSRZlarda yo'lovchi va yuk vagonlarini sinovdan o'tkazish jarayonida qatnashishgan. "Vagonlar va vagon xo'jaligi" kafedrasi AMZ, LMZ va TVSRZ zavodlari bilan muntazam aloqalarni olib boradi.

Kafedraning xalqaro aloqalari: Kafedra a'zolari quyida keltirilgan chet el davlvtlari o'quv yurtlari bilan muntazam aloqalarni saqlab kelishmoqda:

- Peterburg Davlat temir yo'l Universiteti "Vagonlar va vagon xo'jaligi" kafedrasi

- "Vagonlar" ilmiy tadqiqot markazi

- Qozog'iston transport akademiyasining "Vagonlar" kafedrasi

- Moskva Davlat temir yo'l Universiteti "Vagonlar va vagon xo'jaligi" kafedrasi

Kafedraning ilbmiy va uslubiy ishlari: "Vagonlar va vagon xo'jaligi" kafedrasining ilmiy ishlari Kafedraning ilmiy ishlar yo'nalishlari

- Vagonlarning xavo kondinsionerlari uskunalarini tadqiqoti

- Andijon mexanika zavodi va Toshkent quyuv mexanika zavodlarida qurilayotgan vagonlarni sinovdan o'tkazish.

- Vagonlar va sisterna - konteynerlarini loyixalashtirilishi

- Depo va zavodlar uchun nostandart uskunalarni ishlab chiqilishi

Toshkent temir Yo‘l Muhandislari Instituti «Vagonlar va  vagon xo‘jaligi» kafedrasi  bitiruvchi kafedra bo‘lib, xozirgi kunda ta’lim jarayonini o‘zbek va rus tillarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boradi: 

Bakalavriat:

• 5310600 – Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (lokomotivlar, vagonlar)

• 5111000 – Kasb ta’limi (5310600 Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (lokomotivlar, vagonlar))

Magistratura:

• 5A310603 – Temir yo‘l transporti (vagonlar)