Tillar

Tillar kafedrasi tarixi.

Kafedra institut ochilgan yili tashkil etilgan. Birinchi bor kafedra "Tillar" deb atalib, rus, ingliz, fransuz va nemis tillarini o'z ichiga olgan. 1947-1977 yillari kafedrani  nomzodlik dissertatsiyani himoya qilgan, bir qator maqolalar, uslubiy qo'llanmalar va politexnika terminlari uchun izoxli lug'atlarni nashr qilgan f.f.n. dots., F.A. Markanova boshqargan. Kafedrada tajribali o'qituvchilardan: L.N. Stesun, S.A. Mixaylov, Ye.I. Seleznyova, F.A.Markanova, A.M. Averyanova, T.M. Shapkina, I.V. Alekseeva, V.A. Bokovseva, J.E. Gutermaxer, O.T. Kudabekova, V.V. Tixonov, I.A.Lavrik, M.N. Buyeva va boshqalar ishlagan. Kafedra o'qituvchilari malaka oshirish kurslarini sobiq Soyuzning turli shaharda o'tab kelgan: A.M. Averyanova Kiyevda, I.V. Alekseeva Leningrad shahrida.

1977-2011 yillari kafedrani: f.f.d. G.G. Gafurova (1977-1994 yillari), f.f.n. dots., M.G. Kamilova (1994-2010 yillari), M.A. Kanoatova (1996-2001 yillari), f.f.n. dots. G.Sh. Muxitdinova (2001-2010 yillari) va 2010 yildan boshlab xozirgi kungacha kafedrani kata o'qituvchisi K.I.Guseynova boshqarib kelmoqda.

Chet tillarni o’qitish  sifatini  yaxshilash maqsadida 1998 yilda "Tillar" kafedrasi chet tillari, o'zbek va rus tillari kafedrasiga bo'linib, f.f.n. dots. M.G. Kamilova boshchilik qiladi. 2001-2010 yillari chet tillari kafedrasini O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi xizmatchisi 60 dan ortiq ilmiy uslubiy qo'llanmalar shuningdek 3ta kitob, 6ta o'quv qo'llanma, o'nlab uslubiy ishlanma va tavsiyanomalar, 33ta ilmiy maqolalar muallifi f.f.n. dots. G.Sh. Muxitdinova boshqaradi. Kafedrada nomzodlik ishlarini ingliz, nemis va fransuz tillarida qabul qilishni boshlaydi hamda magistrlarni tayyorlashga katta e'tibor qaratiladi. Institut rahbariyati tashabbusi bilan Yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash sharoitlarida ishlatiladigan zarur uslubiy adabiyotlar jamlangan kompyuter sinflar, maxsus auditoriyalar bilan jixozlangan. Kafedrada doimiy multimediya darslari va prezentatsiyalarni o'tkazish uchun multimediya auditoriyalari mavjuddir.

O'zbek va rus tili kafedrasi, keyin esa "Tillar" kafedrasi a'zolari tomonidan "Texnik oliy o'quv yurtlarida tillarni o'qitishning dolzarb muammolari mavzusidagi o'tkazilgan amaliy konferensiya "Ta'lim to'g'risidagi qonun" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturning qabul qilinganing 10-yilligiga bag'ishlandi.(2008y.) Respublikada ko'p bosqichli ta'limda tillarni o'qitishning uzviyligi muammosi konferensiyaning (anjumanning) asosiy vazifasi bo'lib xizmat qildi.

2012 yilda esa "Tillarni o'qitish jarayonida ilmiy uslubni o'rgatish muammosi" mavzusidagi ilmiy-uslubiy anjuman o'tkazildi, unda Respublika texnik oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari faol ishtirok etdilar.

2010 yilda institut rektorining buyrug'iga binoan ikki kafedra "O'zbek va rus tillari" va "Chet tillari" kafedrasi birlashtirilib, "Tillar" deb ataldi. Kafedra mudiri etib K.I. Guseynova tayinlandi. Bugungi kunda kafedrada 30 ta o'qituvchi, ulardan 2 tasi fan nomzodi, 1ta katta o'qituvchi va 27 ta assistent ishlaydi. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlaydigan "Millenium" ingliz tili klubi, shuningdek, nemis, fransuz, o'zbek va rus tillari to'garaklari faoliyat yuritadi. Iqtidorli talabalar bilan shug'ullanuvchi klub va to'garaklarga til bilishni mukammallashtirish bo'yicha ishlar olib boruvchi tajribali o'qitivchilar rahbarlik qiladi.

2014 yildan kafedraga yosh mutahassis Mustaeva G.S. rahbarlik qila boshladi.Uning rahbarligi ostida kafedrada tasdiqlangan reja asosida o’qituvchilar hamda qiziqishiga sabab bo’layotgan turli tadbirlar o’tqazilmoqda. Uslubiy yo’nalishdagi ishlar jonlandi, kafedra o’qituvchilari o’z ishlarini respublikaning akademik miqyosidagi hamda chet el nashrlarida chop ettirmoqdalar. (Xalkova L.U., Kamilova M.G., Tashpulatova M.A.). “Kaliforniya” Xalkova L.U., va 

“Individual Differenciated Approuch in Teaching Foreign Languages in not language high schools” Kamilova M.G., Tashpulatova M.A.

Mustaeva G.S. rahbarligi ostida kafedra o’qituvchilari  “ O’zbekiston Temir Yollari”  DATK ning 20 yilligiga bag’ishlangan  kompaniyaning xalqoro bo’limi hamda institute tomonidan o’tqazilgan  “Chet tillarni ‘qitish va ularning temir yo’l transporti tizimidagi ahamiyati ” mavzusidagi seminarni tashkil etish hamda o’tkazishda qatnashdilar.

Kaferada fanlar bo’yicha sillabuslar tayyorlangan, “Moodule” tizimida ishlash uchun materiallar tayorlanmoqda.

“Tillar” kafedrasining faoliyati. 

Kafedrada magistrlarni tayyorlashga kata e’tiborberilmoqda

Bo'lajak mutaxassislarni sifatli tayyorlash (maqsadida) - kafedra ijodiy ishlarga katta e'tibor qaratadi; jumlardan: birinchi bosqichdan 4-bosqichgacha chet el ilmiy-texnik adabiyoti bilan mustaqil ishlash ko'nikmalari singdiriladi, talabalar ilmiy-uslubiy konferensiyalarga jalb etiladi, bundan tashqari qisman diplom ishlarini himoya qilishga tayyorlaydi. Ular fan olimpiadalarining Respublika bosqichida faol ishtirok etadilar. Kafedra qoshida xorij adabiyotining kichik kutubxonasi tashkil etilgan, auditoriyada va auditoriyadan tashqari ishlarda qo'llash uchun video va audio o'quv disklari sotib olingan. 

O'zbekiston respublikasi FA ilmiy-tadqiqot institutlari va turdosh OO'Yuning xorijiy tillar kafedralari bilan aloqalarni mustahkamlashga katta e'tibor beriladi, jumladan: Tashkent Davlat Texnika Universiteti, O'zbekiston jahon tillari Universiteti, M.Ulug'bek nomdagi Milliy Universitet, Avtomobil yo'llari instituti va x.k. TAYI va TDTU xorijiy tillar kafedralari bilan birgalikda ilmiy-uslubiy seminarlar tashkil etilgan. Kafedra o'qituvchilari Respublikada o'tkaziladigan xalqaro, respublika va shahar miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishadi.

 "Tillar" kafedrasi institutning jamoat ishlarida faol ishtirok etadi, talabalar bilan taniqli olimlar, yozuvchilar va temir yo'l transporti sohasidagi korxona rahbarlari bilan ijodiy uchrashuvlarini tashkil etadi. Talabalar ishtirokida o'zbek, rus, ingliz, nemis va fransuz tillarida sahnalashtirilgan kechalar uyushtiriladi. Har yili "O'zbek tili" bayrami umuminstitut miqyosida o'tkaziladi. Joriy yilning o'zida Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur tavalludining yubiley kunlariga bag'ishlangan tadbirlar, shuningdek, "Toshkent-2200 yoshda", "Kelajak temir yo'li", "OITS-XXl asr vabosi", "Dunyoning qishki bayramlari" kabi tadbirlar o'tkazildi. O'qituvchi va talabalar institutning tantanali kechalarida, institut tomonidan o'tkaziladigan sport musobaqalarida ishtirok etishadi, o'rganiladigan mamlakatlar va bizning mamlakatning muhim kunlariga bag'ishlangan tematik konferensiyalar o'tkazishadi. 

Talabalar haftada 2 marta ingliz tili va bir marotaba nemis, fransuz, o'zbek va rus tillari to'garaklariga qatnashadi. Kafedra mudiri tashabbusi bilan har oyda institutlararo fan-metodik seminarlar o'tkaziladi. Ushbu seminarlarda o'qituvchilar o'zlarining tillarga ixtisoslashmagan oliy o'quv yurtlaridagi til o'rgatish bilan bog'liq eng muhim muammolarga bag'ishlangan ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning "Chet tillarini o'rganishni mukammallashtirish" ga doir qarori e'lon qilingach, ma'muriyat va kafedra mudiri rahbarligida O'zDJTU o'qituvchilari malakasini oshirishga qaratilgan tashkiliy ishlar olib borilmoqda, institutning maxsus kafedralari o'qituvchilariga ingliz tillari kurslari "Tillar" kafedra o'qituvchilari tomonidan olib borilmoqda. Kafedra o'qituvchilari chet tillarini o'rgatish metodikasiga doir yangi innovatsion g'oyalar ustida ish olib borishmoqda. 

Ilmiy seminar va konferensiyalar ishtirokchilarining chiqishlari to'plamlarda o'z aksini topmoqda. Kafedra Moskva temir yo'l muhandislari instituti, Sankt-Peterburg aloqa yo'llari universiteti, Moskva avtomexanika instituti va tog'-kon instituti olimlari bilan ilmiy-uslubiy aloqa o'rnatilgan. Kafedrani yoshartirish bo'yicha ma'lum ishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilarining o'rtacha yoshi 41 yoshni tashkil etadi. Barcha o'qituvchilar doimiy ravishda o'zlarining kasbiy va pedagogik malakalarini oshirish ustida tinmay ishlaydilar.     

Institut kutubxonasi zamonaviy chet tillariga doir darsliklar va kafedra a'zolari tomonidan ishlab chiqilgan adabiyotlar bilan boyitilgan. Kafedraning mutaxassis kafedralar bilan birgalikda professor A.I. Odilxo'jayev muharrirligida, 2008 yilda "Fan" nashriyotida chop etilgan temir yo'l atamalariga doir ruscha-o'zbekcha o'quv lug'ati ko'p yillik mehnat natijasi hisoblanadi. Bu ish mutaxassis kafedralarda mutaxassisliklar bo'yicha o'quv izohli lug'atlar shaklida davom etmoqda. 2009 yilda filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.G. Kamilova, assistentlar N.A. Radjapova, M.R. Zakirova tomonidan nashr etilgan "Пособие по русскому языку" o'quv qo'llanma "2010 yilning Eng yaxshi darsligi va o'quv qo'llanmasi" tanlovida sinovdan o'tib, mualliflarga mualliflik guvohnomalari va 1-darajali diplom topshirildi.

Kafedrada Moskva temir yo'l muxandislari instituti professor o'qituvchilari bilan aloqalar o'rnatilgan shu jumladan Sankt-Peterburg, Moskva Avtomexanika instituti va Gorniy institutlar bilan aloqa o'rnatilgan.

Kafedrani yoshartirish bo'yicha ma'lum ishlar olib borilmoqda. Kafedra professor-o'qituvchilarining o'rtacha yoshi 41 yoshni tashkil etadi. Barcha o'qituvchilar doimiy ravishda o'zlarining kasbiy va pedagogik malakalarini oshirish ustida tinmay ishlaydilar.