Temir yo'l transportida avtomatika va telemexanika

2005 yili DATK "O’zbekiston temir yo’llari" Signalizatsiya va aloqa markazi rahbarlari o’quv jarayonida foydalanish uchun kafdera ixtiyoriga DISK-B qurilmasini taqdim etdi. Kafedra a`zolari doimiy ravishda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar bilan shug’ullanib keladi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo’nalishi tejamli texnologiyalar, temir yo’l avtomatika va telemexanika mikroprotsessorli qurilmalari va boshqaruv tizimlarini yaratish, ularni tashqi ta`sirlarga chidamliligini tekshirish va murakkab elektrotexnik tizimlarni tadqiq etish hisoblanadi.

Kafedraning ilmiy izlanish natijalari DATK  "O’zbekiston temir yo’llari"da tadbiq etilgan. 1998 yil V.G.Strokov rahbarligida akkumulyator manbasisiz doimiy tok rels zanjiri va akkumulyator manba tizimisiz doimiy tok avtoblokirovka ishlab chiqildi. hozirgi vaqtda bu tizimlar Ko’ng’irot, Buxoro, Urganch, qarshi signalizatsiya va aloqa distansiyalarini 590 km peregonida qo’llanilgan. Ushbutizimtadbig’i 70 ming AQSh dollari miqdori iqtisodiy foyda keltirdi. Mavzu bo’yicha izlanishlar davom etmoqda va akkumulyatorsiz rels zanjirlari stansiyalarda ham qo’llanila boshlanmoqda.

2008 yil dotsent A.R.Azizov rahbarligida "LUCh" dispetcherlik markazlashtirish tizimi chiziqli punktida telenazorat signalini shakllantirish va teleboshqarish signalini dekodlash bo’yicha mikroprotsessor qurilmasi ishlab chiqildi.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan o’nlab ilmiy maqolalar bosmadan chiqarildi, ixtiroga mualliflik huquqi va patentlar olindi. Kafedraning ilmiy izlanishlarida talaba va magistrantlar jalb qilinmoqda.

Kafedrada signalizatsiya va aloqa yo’nalishi xodimlarini kvalifikatsiyasini oshirish uchun ilmiy va amaliy izlanishlarga asoslangan mashg’ulotlar olib boriladi.

Ilmiy va o'quv uslubiy ishlar: Kafedra o’qituvchilari o’nlab ilmiy maqolalar chiqarishgan, mualliflik guvohnomalari va ixtiro patentlarini olishgan. Temir yo’l avtomatika va telemexanika qurilmalarida mikroprotsessor texnologiyasini tadbiq etish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. Kafedraning yetuk mutaxassislari O’zbekiston temir yo’llarida tez yurar hududlar uchun me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda faol qatnashmoqdalar.

Ilmiy izlanish yo’nalishlarini aniqlash va kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlarga jalb qilish maqsadida yosh xodimlarga asosiy e`tibor qaratilgan. Yosh mutaxassislarni pedagogik mahoratini oshirish uslubiy ishlarga jalb qilish orqal amalga oshiriladi. Kafedraning ilmiy ishlarida talaba va magistrantlar keng jalb qilinadi.

Ta`lim sifati, professional temir yo’l kollejlari bitiruvchilar bilim sifatini oshirish maqsadida kafedraning yetuk o’qituvchilari oliygoh va kollej talabalari uchun mo’ljallangan o’quv qo’llanmalarini yaratish ustida faol ishlamoqdalar.

Ta'lim yo'nalishlari: "Temir yo’l transportida avtomatika va telemexanika" kafedrasida  5521800 "Avtomatlashtirish va boshqaruv" va 5140900 "Kasbiy ta`lim" (Temir yo’l transportida avtomatlashtirish va boshqarish) bakalavriatura yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Talabalar ta`limi Davlat standartiga asosan amalga oshiriladi. Mashg’ulotlar zamonaviy laboratoriya bazasi asosida o’tkaziladi. O’quv jarayonida kompyuter imitatsion modellaridan ham foydalaniladi.

Xalqaro aloqalar: Kafedra MDH mamlakatlari temir yo’l oliygohlari bilan muntazam aloqa bog’lagan. Peterburg davlat temir yo’l universiteti (PGUPS), Moskva davlat temir yo’l universiteti (MIIT) va Ural davlat temir yo’l universiteti (UrGUPS) bilan do’stona aloqalari sababli kafedra talabalari va bitiruvchilari ta`lim jarayonini ta`kidlangan universitetlarda davom ettirishmoqda va aspiranturada tahsil olmoqdalar. Rossiya Federatsiyasining temir yo’l sohasidagi ilg’or universitetlari bilan hamkorlik tufayli 2010 yil kafedraning yosh o’qituvchisi D.X.Baratov Peterburg Davlat temir yo’l universiteti aspiranturasini tamomladi va nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Kafedra assistentlari O.T. Aliyev va S.B.Muxammadxo’jayev PGUPS aspiranturasida, A.Fadeev MIIT aspiranturasida, B.X.Soliyev UrGUPS aspiranturasida tahsil olmoqdalar.

Ishlab chiqarish bilan aloqalari: Kafedra signalizatsiya va aloqa xizmati (Sh) mustahkam aloqa o’rnatgan. Toshkent signalizatsiya, markazlatirish va blokirovka distansiyasida (ShCh-1) kafedraning filiali mavjud. Kafedra talabalari amaliy mashg’ulotlarni amalga oshirish va amaliy ko’nikmalarni boyitish uchun distansiya sexlarida ishlashga taqsimlanadilar. Shuningdek, kafedra O’zbekiston Respublikasi temir yo’l kollejlari bilan ham aloqa o’rnatgan.