Jismoniy tarbiya va sport

O’quv-uslubiy xujjatlar:

Kafedrada mavjudligi:

- kafedraning namunaviy o’quv dasturi

- kafedraning ishchi o’quv dasturi

- davlat va rus tilidagi ma`ruzalar matni

- fanlardan yangi pedagogik texnologiyalar va slaydlar ishlab chiqilgan

- rektorat jadvaliga asoslangan holda kafedra o’qituvchilarining navbatchilik jadvali tuzilgan. Navbatchilik maqsadi: ma`ruzalar, suxbatlar, ijodiy uchrashuvlar, sport tadbirlari. Talabalar uyida tuzilgan jadval asosida seksiyalarida mushg’ulotlar o’tkaziladi. Sport mavzularida suxbatlar olib boriladi

- Har yili o’qituvchilar va talabalar bilan (TIJ) kafedrada ilmiy-uslubiy anjumanlar o’tkaziladi. Anjuman mavzulari ilmiy-uslubiy ishlar bo’yicha tuzilgan istiqbolli rejaga asoslangan holda olib boriladi. har yili 8 tadan ortiq ilmiy-uslubiy va 10 tadan ortiq talabalar ishlari tayyorlanadi.

Bu o’quv yilida asosiy o’zgarish: yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy etish va amaliy sport mashg’ulotlarini takomillashtirish urg’usi bilan o’tkazish va bu o’z navbatida talabalarning darsga qiziqishini oshiradi. Kafedra majlislarida ochiq darslar olib boriladi.

Kafedraning asosiy yo’nalishlari: talabalarning jismoniy tarbiyasi, shug’ullanuvchilarning sog’liqini mustahkamlash, jismoniy sifatini rivojlantirish. Kafedra o’qituvchilari bakalavrning barcha ta`lim yo’nalishlari bo’yicha 1 va 2 kurslar uchun "Jismoniy tarbiya va sport" darsini olib boradilar, 2005-2006 o’quv yildan "Valeologiya" fanini barcha 2-kurslar uchun olib boriladi.

Kafedraning sport inshootlari: ikkita yopiq sport zal ulardan o’yingox 648 m2, hamda kurash zali 288 m2, uchta ochiq maydonlarga: basketbol maydonlari 558 m2, voleybol maydonlari 302 m2, qo’l to’pi uchun maydon 1500 m2, shuningdek yangi zamonaviy bitta yopiq tennis korti 1200 m2  va to’rtta ochiq tennis maydoni 3200 m2, hamda zamonaviy standartlarga mos 50 metrli suv havzasi bor 1339 m2.

"Jismoniy tarbiya" kafedrasi institut hududida joylashgan. Kafedra o’z ishida institut rektoratining buyruqlari va farmoyishlari asosida ishini tashkillashtiradi.

Kafedraning e`tiboriga loyiq yutuqlari:

Respublikamizning turli shaharlarida har uch yilda bo’lib o’tadigan "Universiada" sport musobaqalarida institut terma jamoasi qatnashib sovrinli o’rinlarni egallab kelishgan.

Kafedra va sport klub qoshida 14 ta sport to’garagi faoliyat olib bormoqda. Bu to’garakda 250 dan ortiq talabalar, professor-o’qituvchilar hamda ishchi-xodimlar shug’ullanadi.

Bundan tashkari Davlat dasturi asosida "Umid nixollari", "Barkamol avdol" i "Universiada" sport musobakalarining turli boskichlarida xakamlik kilib kelishmokda.

"Jismoniy tarbiya" kafedrasining dolzarb vazifalari: Muhandislik oliygohida jismoniy madaniyat sog’liqni mustahkamlash, zamonaviy mutaxassisning xususiy madaniyatini va o’qishni rivojlantirish vositasi bo’lib hisoblanadi. Har bir soha uchun o’quv tarbiyasi zarur bo’lganidek jismoniy tarbiya jismoniy tayyorgarlikni ta`minlaydi, aqliy ish bajarishni tiklaydi, oliygohda o’qish paytida talabaning jismoniy va ruhiy-jismoniy holatini yaxshilaydi, kasalliklar va reabilitatsiya prafilaktisida sportning an`anaviy turlarini saqlab qolishda va rivojlantirishda ishtirok etadi.

Tarbiya maqsadi - bo’lajak mutaxassisning o’zini va umumiy madaniyatini rivojlantirish, sog’liqni mustahkamlash, mutaxassislik bilimlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat bilimlarini mutaxassislik va kundalik ishida ishlatish va shakllantirishni o’rgatish:

1) Talabalar sog’ligini saqlash va mustahkamlash;

2) Ularning aqliy va jismoniyfaoliyatni yaxshilash maqsadida jismoniy tayyorgarlik va jismoniy  rivojlanishini oshirish;

3) Talabalarda jismoniy mashqlarga, jismoniy va sog’lom hayot tarziga bo’lgan talabini tarbiyalash;

4) Davolash - profilaktik ishlarda jismoniy madaniyatni ishlatishda mutaxassislik xissini shakllantirish;

5) Professional - amaliy jismoniy tayyorgarlik asoslarini o’zlashtirish (muhandislik maxsus mutaxassisligini hisobga olgan holda);

6) Jismoniy madaniyat bo’yicha ma`lumotlarni, umumta`lim va ba`zi maxsus nazariy bilimlarni va tajribalarni orttirish;

7) Jismoniy holatni va sport yoki jismoniy madaniyat bilan shug’ullanish vaqtida baholanishni o’rganish;

8) Sportchi talabalarning sport hunarini yuqori darajaga yetkazish;

9) Talabalarni xalqaro va an`anaviy sport turlariga jalb qilishga ko’maklashish.

Bundan tashqari akademik litsey hamda kasb-xunar kollejlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.