Iqtisodiyot va menejment

Kadrlarni tayyorlashda ikki bosqichli tizimga o‘tilgandan so‘ng o‘quv metodik qo‘llanmalarni ta’minlash bilan ishlarni olib borilishi shart bo‘ldi. 1991 yildan boshlabva bugungi kungacha kafedra tomonidan quyidagilar ishlab chiqildi:

Davlat standartlari, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv –uslubiy qo‘llanmalar, kurs ishini bajarish uchun uslubiy qo‘llanmalar (proektlar), amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari.

Iqtisodiy xamda texnik yo‘nalishlar uchun Na’munaviy o‘quv dasturlarni  ishlab chiqishda kafedraning barcha domlalari ishtirok etadilar.

Talabalarning bilimini baxolash maqsadida testlardan foydaliniladi. Ushbu testlar institut test markaziga topshirilgan. Testlar doimo yangilaniladi.

Iqtisodiyot va texnik yo‘nalishida ta’lim olayotgan barcha talabalar o‘tilayotgan xamma fanlar bo‘yichama’ruzalardan foydalanishi mumkin, ushbu ma’ruzalar kafedra professor-o‘qituvchilari  tomonidan tayyorlanib  institut kutubxonasiga topshirilgan.

O‘quv jarayonini osonlashtirish maqsadida, kafedrada barcha ma’ruzalarni, kurs ishi bo‘yicha topshiriqlarni elektron nusxasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. SHu ishlar ichidan alohida quydagilarni ta’kidlab o‘tish lozim:

Turizm iqtisodiyoti (dotsent CHernikova L.N., Bublik G.P.); Temir yo‘llarning tannarh kalkulyasiyasi (dotsent Ismailxodjaev A.I.); Transport korxonalarining menejmenti(dotsent Bublik G.P.); Mikroiqtisodiyot. Temir yo‘l korhonalarining iqtisodiyoti. (katta o‘qituvchi Turbabina D.I.); Iqtisodiy geografiya va tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti (dotsent CHernikova L.N.); Innovatsion menejment; Iqtisodiet psixologiyasi; Menejment ijtimoiy psixologiyasi (dots. Masteeva I.K.); Menejment asoslari (dotsent Turaev K.T.) i dr.

O‘quv jarayoni sifatini yanada ko‘tarish maqsadida kafedra domlalari multimediya uskunalaridan foydalanishadi.

Kafedra domlalari tomonidan o‘quv qo‘llanmalar va kitoblar chop etilyapti. Oxirgi 10-15 yil ichida quydagi kitoblar  chiqarilgan: 1992 yilda «Temir yo‘l transportini boshqarishni tashkiliy tizimi va uning rivojlanishini asosiy yo‘nalishlari», o‘quv qo‘llanmalar «SHaxar elektr transportini ishlatish asoslari» va«Firmaning biznes plani», «Kichik biznesga 7 qadam», «Firma hodimlarini boshqarish», «Loyihalarni boshqarish», «Psixologiya va sotsiologiya menejmenti» o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan.

2000 yilda dotsent Bublik G.P. boshchiligida «Loyihalarni boshqarish va tahlil» nomli kitob chop etilgan.

Prof. Silaev N.I. boshchiligida «Temir yo‘l korhonalarining faoliyatini tahlili», ushbu kitobni yaratishda kafedra dotsentlari Bublik G.P., Besedina A.P. va Ismailxodjaev A.I. xam ishtirok etganlar.

Domlalarni maqsadi o‘tilayotgan fanlar bo‘yicha talabalarni e’tiborini oshirishdir. SHu maqsadda o‘quv jarayonida yangi usullardan foydalanilmoqda, ushbu usullar domlalarning professional maxoratiga bog‘liqdir. Kafedrada ko‘pincha interaktiv o‘qitish usulidan foydalaniladi. SHu maqsadda kafedra domlalari tomonidan keys-stadi va parlament debatlari usullarini qo‘llash bo‘yichauslubiy  qo‘llanmalar yaratilgan (Bublik G.P., CHernikova L.N.).

Ushbu usullar va metodlar talabalarda urganayotgan fanlarni o‘zlashtirishda yordam beradiva talabalarning mustaqil ishlashiga o‘rgatadi.

Bugungi kunda talabalar soatlarining katta qismi mustaqil ishlashga ajratilganini inobatga olib, kafedra domlalari tomonida mustaqil ishlarni o‘tkazish va bajarish xaqida uslubiy  qo‘llanmalar yaratilgan. Ushbu ishni bajarishda qiynchiliklarni yo‘qotish maqsadida kafedrada «Mustaqil ishlarni o‘tkazish xaqida yo‘riqnoma» yaratilgan (dotsentlar Bublik G.P., Ismailxodjaev A.I., CHernikova L.N.).

TashMYIda ilmiy metodik konferensiyalarda kafedra domlalari faol qatnashadilar. Ushbu konferensiyalarga 5-11ga yaqin ma’ruza taqdim etiladi.

Kafedra domlalari uz maqolalari bilan nafaqat respublika miqiyosidagi konferensiyalarda, balki halqaro miqyosida o‘tkaziladigan konferensiyalarda xam qatnashadilar.

Ilmiy - tadqiqot ishi: «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi domlalarining ilmiy – tadqiqot ishida dolzarb mavzular ko‘rib chiqiladiva ishlab chiqarish bilan bog‘liqdir.

Toshkent passajir vagonlarni remont qilish zavodiga yordam berish maqsadida quyidagi ilmiy tadqiqot ishlar olib borilgan: «Sostoyanie i puti uluchsheniya upravleniya oborotnыmi sredstvami v proizvodstvennыx zapasax komplektuyuщix izdeliy», «Voprosы sovershenstvovaniya snabjeniya TashTRZ pri perexode otrasli na rabotu v rыnochnыx usloviyax» (prof. Ravich I.S. i dots. Fayzixodjaeva M.L.).

1991 yilda ToshTYMI “Markaziy Osiyo va Qozog‘iston temir yo‘l iqtisodiyoti intesifikatsiya masallari” mavzusida bo‘lib o‘tgan ilmiy konferensiyada kafedra professor-o‘qituvchilarini 5ta maqolasi chop etilgan;

• 1992 yilda «Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tish davrida temir yo‘l iqtisodiyoti masalalari»ga tegishli ToshTYMI maqola to‘plamida 5ta maqola chop etilgan.

• ToshTYMI ilmiy anjumanida quydagi 4 maqola chop etildi:

- Institut zaxirasidan foydalanish yo‘llarini takomillashtirish (dots. Bublik G.P., prof. Silaev N.I., dots. Tursunov K.T.);

- Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida DATK O‘TY vokzallarini rentabilligini (dots. Bublik G.P., Raxmankulova T.K., CHernikova L.N., st.prep. Turbabina D.I.);

- O‘TY DATK Toshkent bo‘limini xarajatlar stavkasini xisoblashda taqsimot uslubiyatini xos xususiyatlarini (dots. Ismailxodjaev A.I., Kryukov A.S., Koneeva V.K., Turaev K.T.);

«Temir yo‘lchi» gazetasida “Ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish instrumentlari” dots. Fayzxodjaeva M.L. maqolasi chop etilgan.

2008 yilda «Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlar taqsimoti m’eriy uslubiy xujjatlar ishlab chiqish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari topshirildi.

2009 yilda «O‘TY» DATK strategik rivojlanish boshqarmasini buyurtmasiga asosan kafedra «O‘TY» DATK yo‘lovchi tashishni zararligini kamaytirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini bajarilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish».

2005 yilda ToshTIMY Axborotnomasida quydagi «Temir yo‘l transportida resurslarni tejash uslubiy tashkiliy masalalari» maqola chop etilgan.

Kafedra domlalari respublika va xalqaro konferensiyalarda faol qatnashadilar. Jumladan, dotsentlar Ismailxodjaev A.I. va Nazarov M.N. tomonidan “Korporativ korxonalarda ilmiy-texnik taraqqiyotni boshqarish samarasi” nomli maqola chop etilgan.

«Obrazovaniya cherez vsyu jizn: neprerыvnoe obrazovanie dlya ustoychivogo razvitiya» nomidagi xalqaro konferensiyada maqolalar bilan dotsentlar Bublik G.P., CHernikova L.N. qatnashdilar.

Kafedra domlalari magistrlar bilan xamkorlikda xar yili ToshTIMI ilmiy – amaliy konferensiyalarida qatnashadilar, ilmiy maqolalar tayyorlashadilar.

Kafedraning ma’naviy va tarbiya ishlari: Kafedra a’zolari nafaqat institutning ijtimoiy hayotida faol  ish olib boryaptilar, balki institut talabalarining tarbiyalashda qatnashadilar.

Murabbiylarning  ishi institutning Ma’naviyat va marifat boshqarmasi rejasi asosida o‘tkaziladi. Kafedra domlalari o‘z murabbiylik guruxlari bilan shoir, davlat xodimlari, sport, ma’naviyat, meditsina xodimlari bilan uchrashuvlarda qatnashadilar. Birgalashib muzey, teatrva konsertlarga boradilar. Domlalar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lish o‘ylari, jamoatda o‘zini tutish yo‘llari, muomola xaqida talabalar bilan doimo suhbat olib borishadi.

Fakultet dekanining grafik-reja asosida talabalar institut chegarasida obodonlashtirish ishlarida faol ish ko‘rsatadilar. Kafedra majlislarida domlalarning murabbiylik ish faoliyati xaqida xisobotlar eshtiladi va taxlil qilinib, shu ishlarni yaxshilash masalasida qo‘shimchalar kiritiladi.

Xalqaro aloqalar: Iqtisodiyot va menejment kafedrasi tomonidan Sankt – Peterburg shaxridagi Davlat temir yul universitetining Iqtisodiyot, menejment, marketing va qurilish iqtisodiyoti kafedralaribilan yaqin aloqa o‘rnatilgan. So‘ngi yillarda kafedra Moskvaning iqtisod va moliya akademiyasi bilan aloqalar o‘rnatgan.